12. BIZNESNIINNOVATSION RIVOJLANTIRISH VA INVESTISIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI Reja Ochiqbozorlardainnovatsiyalarnixaridqilishbiznesniinnovatsionrivojlantirishusullaridan biri sifatida.
Yangi texnologiyalarni joriy etishda innovatsion rivojlanishningmuvaffaqiyatomillari.
Yangi texnologiyalarni joriy qilish orqalim kompaniyalarnimuvaffaqiyatliinnovatsionrivojlantirishborasidamisollar.
1.Ochiqbozorlardainnovatsiyalarnixaridqilishbiznesniinnovatsionrivojlantirishusullaridanbiri sifatida Bir tomondan to‘siqlarga yuzma-yuz kelish jarayonlarining mantig‘i, boshqa bir tomondan esa ushbu to‘siqlarni engib o‘tishga bo‘lgan intilish yirik korporatsiyalarning innovatsion rivojlanishini belgilab beradi. Avval boshidanoq, talab yoki iste’molchilarning xulqi, ijtimoiy-iqtisodiy matritsalarning o‘zgarishidan darak beruvchi signallarni aniqlab olish bir tomondan, yana boshqa bir tomondan esa, muayyan to‘siqlar bilan kompaniyaning kreativ fikrlashining to‘qnash kelishi haqida xabar beruvchi signallarni vaqtida aniqlash bozor o‘zgarishlari ta’sirida vujudga keluvchi yoki texnologiyalar sohasidan kirib keluvchi tom ma’nodagi innovatsiyalarning darakchisi hisoblanadi. Bozordagi raqobat muhiti tez o‘zgaruvchan sharoitlarda innovatsiyalarni joriy etish zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, innovatsion faoliyatning shiddatli kechishi yoki baynalmilallashuv (xalqaro rivojlanish) darajasining o‘sib borishi va shuningdek, inqiroz sharoitida “so‘nib” borayotgan bozorda o‘z ulushini saqlab qolish va xarajatlarni pasaytirishning yagona yo‘li sifatida yangi texnologiyalarni joriy etish har qachongidan ham dolzarb bo‘lib boradi. Tashqi muhitda bunday shiddatli o‘zgarishlar yuz bergan holatda, kompaniyalar o‘z strategiyalarini, aktivlarini, uskunalarini va texnologik kompetentsiya-larini o‘zgartirishlari talab etiladi. Bu o‘zgarishlar kompaniya aktivlarining muayyan qismini qadrsizlantirsa, ayni paytda muayyan aktivlarning qadri-qimmati juda ham o‘sib ketadi. Ba’zi bir kompaniyalar mazkur o‘zgarishlar natijasida bir lahzada tanazzulga uchrasalar, ayni paytda ma’lum bir kompaniyalar industrial tashkilotlarning yangi shakllari, yangi bozorlar, ishlab chiqarish va mahsulotlarni tashishning yangicha usullari, yangi tovar va xizmatlar, yangi iste’molchilarga tayangan holda tezkor o‘sish bosqichiga erishadilar. Bunday tezkor o‘sishining asosida bozor muhitiga moslashish, uning halokatli ta’sir etuvchi omillarining ta’siridan o‘ziga xos kreativ yondashuvga asoslangan xulosalar yasash yotadi. Ayniqsa, inqiroz davrida, kashfiyotlarning joriy etilishi ko‘pincha korxonalarning ochiq bozorda texnologiyalarni sotib olishiga asoslangan tarmoqlardagi qo‘shilish va sotib olish to‘lqinining hatti- harakatlarini ifoda etadi. Ushbu davrda yangi texnologiyalarni qo‘llash qimmat va qaltis hisoblansa ham, korxonalar uni joriy etishga majbur bo‘ladilar. Innovatsiyalarni joriy etish natijasida yuzaga kelgan qo‘shilish va sotib olish statistikasi "ijodiy halokat" jarayonining barcha kuchli tomonlarini va samaradorligini ta’kidlashga imkon beradi. Ochiq bozorda innovatsiyalarni sotib olish jarayoni kichik innovatsion kompaniya uchun bozorga "chiqish"ning asosiy yo‘llaridan biri ekanligini va yirik kompaniyalar uchun asosiy yo‘li ekanligini tushunib olish muhimdir. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy faoliyatning kengayishi, iqtisodiy tanazzul sharoitida avval erishilgan natijalarni himoya qilish va bozor ulushini yangi "ijodiy" yechimlar orqali saqlab qolishni ifoda etishini ta’kidlash muhim. Aynan shuning uchun ham, inqiroz sharoitida kompaniyalar o‘zlarining “omon qolishlari”ga imkon beruvchi yangi texnologiyalarni izlaydilar. Bunday yangi texnologiyalar kompaniyaga:
joriy mahsulotlari uchun yangi sotish bozorlarini izlab topishga;
yangi texnologiyalarni joriy qilish (kompaniyalar, texnologiyalar tashuvchilarini sotib olish) orqali mavjud mahsulotlarining tannarxini pasaytirish imkonini beradi.
20 asrning 80 yillaridan boshlab, to o‘tgan asrning 90 yillari oxiriga qadar AQShning mudofaa sanoati bozordagi o‘z ustun mavqeini saqlab qolish maqsadida harakat qilganligini yangi texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etishning namunasi sifatida keltirib o‘tishimiz mumkin.
Misol uchun, IBM kompaniyasi mudofaa elektronikasidan voz kechgan holda, kompyuter texnologiyalari sohasida fuqarolik loyihalariga katta e’tibor qarata boshladi va bu ishni muvaffaqiyatli uddalay oldi.
Kompaniyalarning qo‘shib olinishi va sotib olinishi 19-asrning oxirlarida AQShda amerika sanoatining kichik va o‘rta korxonalardan transmilliy korporatsiyalarga o‘tishi asnosida keng quloch yoza boshladi. Qo‘shilish (merger)
bu ikki yoki undan ortiq kompaniyalarning birlashishini ifoda etuvchi operatsiya hisoblanadi. Sotib olish (takeover) – maqsadli kompaniyaning 50 foiz yoki undan ko‘proq aktsiyasini sotib olish yo‘li bilan uning ustidan nazorat o‘rnatishdir.
G‘araz maqsadlar va yo‘llar bilan kompaniyalarni sotib olish haqida gap borsa, ko‘pincha mazkur termindan foydalaniladi. Acquisition – bir kompaniya boshqa kompaniyani to‘lig‘icha yoki qisman sotib olishi bilan bog‘liq operatsiyalarni ifoda etadi.
Qo‘shib olish va sotib olishlar jarayoni ma’lum bir motivlarga asoslanadi va muayyan maqsadlarni ko‘zlaydi. Barcha motivlar va maqsadlar strategik motiv va maqsadlar hisoblanadi, chunki ular kompaniyaning bozordagi mavqeini mustahkamlash, korxonani barqaror rivojlantirish, resurslarni samarali boshqarishni ko‘zda tutadi. Strategik maqsadlar korxonaning quyidagi global maqsadlarini ifoda etadi:
Himoyalanish maqsadlari;