Rivojlantirish va investisiyalashning nazariy asoslari


Procter&Gamble kompaniyasi tomonidan Gillete kompaniyasining sotib



Yüklə 37,8 Kb.
səhifə7/8
tarix26.04.2023
ölçüsü37,8 Kb.
#102765
1   2   3   4   5   6   7   8
Procter&Gamble kompaniyasi tomonidan Gillete kompaniyasining sotib olinishi. Procter&Gamble kompaniyasi o‘z faoliyatini 1837 yildan buyon davom ettirib keladi. Bugungi kunda u dunyoning 160 dan ortiq mamlakatlarida 300 dan ziyod savdo markalarini bozorda taklif etadi. Kompaniyaning yillik umumiy aylanmasi 68 milliard dollardan oshiqroqni tashkil etadi. Kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishi yuqori iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lgan beshta asosiy kategoriyadagi mahsulotlarni ishlab chiqarishdan iborat. Bular: kosmetika va parfyumeriya, shaxsiy gigiena vositalari, sog‘liq uchun zarur bo‘lgan tovarlar, oilaviy foydalanish va bola parvarishi uchun zarur bo‘lgan tovarlar, uy yig‘ishtirish va tozalash uchun kerakli tovarlar, uy hayvonlari uchun ozuqa. 2005 yilda moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha kompaniyaning tushumlari 56,741 mln. dollarni tashkil etdi.
Gilettekompaniyasi 1901 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Kompaniya sotilguniga qadar ustaralar, tishni parvarishlash vositalari va batareykalar kabi bir qator tovarlarni ishlab chiqarishda etakchi o‘rinni egallagan. Gilette kompaniyasi ma’lum ma’noda Procter&Gamble kompaniyasining tarixini takrorlaydi. Gilette kompaniyasi ham bir qator xaridlarni amalga oshirgan. Xususan, kompaniya 1967 yilda o‘z tarkibiga elektr ustaralar va mayda elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi Braun kompaniyasini qo‘shib oladi, 1984 yilda esa tish cho‘tkalari va tishni parvarishlash vositalari ishlab chiqaruvchi Oral-B kompaniyasini sotib oladi. 1996 yilda kompaniya batarey-kalar ishlab chiqaruvchi–Duracell kompaniyasini sotib oladi. 2004 yilda Gilette kompaniyasining sotish hajmi 10,5 milliard dollarni yoki P&G kompaniyasining sotuvlar hajmidan besh barobar kamni tashkil etdi. P&G kompaniyasi Gilette kompaniyasini 2005 yil 1 oktyabrda sotib oldi. Xarid narxi (aktsiyalar qiymatini hisobga olgan holda) qariyb 53,4 milliard dollarni tashkil etdi.Xaridning amalga oshirilishi natijasida P&G kompaniyasining nomoddiy aktivlar ulushi bir yilda 66 foizga oshdi, shundan 44 foizi gudvillga to‘g‘ri keldi. Xarid bilan bog‘liq ravishda kompaniyaning sof aktivlari 62,908 million dollarga, ya’ni qariyb 3 barobarga o‘sdi. Brendlarning qiymati qariyb 8 martaga oshdi.

Yüklə 37,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin