95
Inventarizatsiya qilish qanday amalga oshiriladi?
Inventarizatsiya qilishda buxgalteriya hisobi eng mehnat talab
qiladigan boshqaruv funksiyalaridan biridir. Buxgalteriya hisobining
oʻziga xos xususiyati – bu boshlangʻich va yakuniy koʻrsatkichlarning
katta massasi va bir xilligi.
Inventarizatsiya jarayonini boshqarish mahsulotlarni qabul qilish,
harakatlanish va sotish hajmi, tarkibi va dinamikasini aks ettiruvchi
ma‘lumotlarga asoslanadi. Ta‘minlovchilar va toʻgʻridan-toʻgʻri
iste‘molchilar tomonidan ma‘lumotlarning harakati axborot oqimi
shaklida amalga oshiriladi.
Tizimdagi ma’lumotlarning asosiy hujjatlari
Inventarizatsiyani oʻtkazish holatlari, muddatlari va tartibi,
shuningdek inventarizatsiya qilinishi kerak boʻlgan obyektlarning
roʻyxati korxona rahbari tomonidan belgilanadi:
Toʻliq inventarizatsiya yillik hisobotni tayyorlashdan oldin, audit
(taftish) davomida amalga oshiriladi va boshqa tashkilotlar va shaxslar
bilan boʻlgan barcha moddiy aktivlar (hujjatlar), kassa va hisob-kitob
munosabatlarini qamrab oladi. Toʻliq inventarizatsiya qilish bilan
aktivlarning barcha turlari, shu jumladan tashkilotga tegishli boʻlmagan
qiymatlar (ijaraga olingan asosiy vositalar) qamrab olinadi.
Uzluksiz inventarizatsiya bir vaqtning oʻzida ushbu tashkilot
tarkibiga kiradigan barcha tarkibiy boʻlinmalar va korxonalarda amalga
oshiriladi.
Rejalashtirilgan
inventarizatsiya
jadvalga
muvofiq
rahbar
tomonidan tasdiqlangan sanada amalga oshiriladi va uni amalga oshirish
sanalari e‘lon qilinmaydi.
Rejadan tashqari inventarizatsiya rejaga muvofiq emas, balki
vaziyat tufayli (ishlarni moddiy javobgar shaxs tomonidan topshirish
paytida, tabiiy ofatlardan keyin, oʻgʻirlik) amalga oshiriladi.
Agar inventarizatsiya ishonchliligi, obyektivligi, sifati toʻgʻrisida
shubha tugʻilsa, takroriy inventarizatsiya oʻtkaziladi.
Dostları ilə paylaş: