138 manbaini qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi tashkil qiladi degan g'oyani
ilgari suradi. Tabiatda hamma narsa bir-biri bilan chambarchas bog'langan,
shuning uchun ham ularni bir-biridan ajratib qarash noto'g'ri. Fazo va vaqt bir-biri
bilan bog'langan. Shellingning mazkur fikrlari nemis klassik falsafasining yirik
namoyandasi Gegel tomonidan yanada rivojlantiriladi.
Gegel (1770-1831 yy.) falsafasi XVIII asrning oxiri XIX asrning
boshlaridagi nemis idealizimining cho'qqisi va nihoyasidir. Gegel to'g'risida so'z
borganda uning falsafasidagi ikki tomonni — dilektik usul va metafizik
konservatik tizimini farq qilmoq zarur. Agar dialektik usul o'zida «ratsional
mag'zini» — taraqqiyot to'g'risidagi ta'limotida gavdalantirgan falsafa shakli bo'lsa,
uning diplomatik idealistik sistemasi esa konservativ taraqqiyotning to'xtab
qolishini talab etadi va shuning natijasida dilektik usulga tubdan ziddir.
Gegel ob'ektiv idealizm nuqtai nazarida turib «olam aqli», «olam ruhi»,
«mutlaq g'oya» bilan ifodalangan har qanday ruhiy ibtido tabiat va jamiyatdagi
barcha hodisalarning asosidir, real dunyodan tabiat va jamiyatdan ilgari ruhiy
ibtido, «mutlaq g'oya», Xudo mavjud bo'lgan deb hisoblaydi.
Gegel ta'limoti bo'yicha mutlaq g'oya o'z taraqqiyotida uch bosqichni: tezis,
antitezis, sintezni bosib o'tadi: 1) g'oyaning o'z bag'rida, «sof tafakkur stixiyasida»
rivojlanishi. Bunda g'oya bir-biriga bog'liq, bo'lgan va bir-biriga o'tib turadigan
mantiqiy kategoriyalar tizimini o'z mazmunini ochib ko'rsatadi; 2) g'oyaning «o'zi
shakl» ko'rinishida, ya'ni tabiat shaklida rivojlanishi; 3) g'oyaning tafakkurda va
tarixida («ruhda») rivojlanishi. Bu bosqichda mutlaq g'oya yana o'z-o'ziga qaytadi
va inson ongi faoliyatining turli ko'rinishlarida o'z mazmunini payqab oladi.
Ammo Gegelning falsafiy sistemasida ijobiy tomonlari, ya'ni «ratsional
mag'zi» ham mavjud. Bu uning dialektikasi va bilish nazariyasida o'z aksini
topgan. Bu esa uning «Mantiqiy fani» asarida bayon etilgan. Bu asarida Gegel
dialektikaning uch asosiy konun: 1.Qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi
qonuni. 2.Miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga o'tish qonuni. 3.Inkorni-
inkor etish qonuni mohiyatini chuqur va atroflicha asoslab beradi. Shuningdek,