16 yig’indisi emas. Jamiyatning o’zgarishi bilan bir qatorda u ham doimo rivojlanib,
mazmunan o’zgarib turadi. Buni biz o’z jamiyatimiz hayotidan yaqqol ko’rib
turibmiz. Mustaqillik tufayli endilikda umuminsoniy va milliy qadriyatlarimizga
asoslangan, hozirgi davr talabiga javob beradigan yangi mafkura yaratilmoqda va
uning asosida kishilarda yangicha tafakkur, dunyoqarash shakllanib rivojlanmokda.
Dunyoqarashning doimo o’zgarib rivojlanib turishi esa uning tarixiy turlarining
almashuvda yaqqol namoyon bo’ladi.
1.3. Mifologik dunyoqarash Mifologik dunyoqarash (yunoncha-mifos-naql, rivoyat-tushuncha, ta’limot)
- ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlang’ich davriga xos bo’lgan xalq og’zaki ijodi -
naql va afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir.
Mifologik dunyoqarash ilm-fan taraqqiy etmagan vaziyatda keng tarqalgan
ijtimoiy ongning shakli bo’lib, uning kelib chiqish sababining asosini insonning
o’zini qurshab turgan olamdan ajralib qarashga ojizligi tashkil etadi. Shuning uchun
ham mifologik dunyoqarashda jamiyat bilan tabiat, jonli bilan jonsiz narsalar bir xil
tarzda ifodalanadi.
Rivoyat, afsonalar tashqi olamni izohlashga qaratilgan bo’lib, unda dunyo
qanday paydo bo’ldi, uning asosini nima tashkil qiladi, narsa va hodisalarning bir-
biri bilan aloqadorligi va bir-biriga aylanishi haqida so’z yuritiladi. Buni biz
bushmenlarning oyni paydo bo’lishi haqidagi mifologiyasidan yaqqol ko’rishimiz
mumkin. Rivoyat qilishlaricha, “yomg’irdan keyin sehrgar gulxan yoqib, oyog’idagi
namlangan sandalni quritishga qo’yadi. Ko’p o’tmasdan qarasa, bitta sandali batamom
kuyib kulga aylanib qolibdi, ikkinchisining esa yarmi kuyib bitibdi. Sehrgar zarda
bilan yarim kuygan sandalini osmonga uloqtirib yuboradi. U esa, fazoga parvoz etib
osmonda oy bo’lib osilib qolgan emish”.
Qadimgi Misr mifologiyasida Ra, Shu, Geb, Osiris nomli xudolar nur, havo,
yer, suvni ifodalaydi. Marhumning qabriga bitilgan yodgorlikda shunday so’zlarni