170 o’ylantirib qo’ygan edi. Bundan foydalangan maxchilar massaning o’zgaruvchan
xususiyatlarini materiyaning yo’qolishi deb noto’g’ri xulosa chiqaradilar. Aslida
esa, materiya emas, balki materiyaning biz hozircha bilgan chegarasi yo’qolgan
edi, bizning bilimlarimiz yanada chuqurlashib, materiyaning yangi xususiyatlarini
ochib bergan edi.
Materiya tuzilishining har bir shaklida harakat va taraqqiyotning o’ziga xos
qonunlari bo’lib, bu qonunlarning har biri atomning murakkab va tuganmas
xususiyatlarini, demak, materiyaning tuzilishi va xossalari murakkab ekanligini
ko’rsatadi. Elektron bilan pozitron birikishi, natijada fotonning hosil bo’lishi ham
materiyaning tuzilishi murakkabligini ko’rsatadi.
A.Eynshteynning E=mc
2
formulasida m-massa va e-energiya orasidagi
bog’lanish materiya o’zining harakat shaklini energiyaga aylanib ketishini
ko’rsatmaydi, balki bir turdagi massa va energiyaning ikkinchi turdagi massa va
energiya bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Demak, materiyaning falsafiy tushunchasini
tinch massaga ega bo’lgan fizik ob’ekt bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Zarra qanday
ko’rinishda bo’lmasin, u massaga egami yoki yo’qmi, baribir inson ongidan
tashqaridadir. Demak, ob’ektiv real zarralarning bir-biriga ta’sirida, ularning bir
biriga aylanishi natijasida modda nurlanadi yoki elektromagnit kvantlarini hosil
qiladi, ular moddalardan hosil bo’lgani uchun qanday ko’rinishda bo’lmasin, ularni
moddiy deb bilamiz. Bu yerda maxchilar materiyaning fizik tuzilishi haqidagi
masalani uning falsafiy tushunchasi bilan almashtirib yuborgan edilar. Moddiy
ob’ektlar qanday ko’rinishda bo’lmasin, qanday xususiyatga ega bo’lmasin, ular
bizdan tashqarida ob’ektiv ravishda mavjud, bilimlarimizning o’zgarib, kengayib,
rivojlanib borishi real dunyoning ob’ektivligini hech qachon inkor qilmaydi. Buni
hozirgi zamon ilm-fani to’liq tasdiqlamoqda. Materiyaning yangidan-yangi
xususiyatlari va tuzilishiga oid bo’lgan ta’limotlarni tasdiqlovchi kashfiyotlar
qo’lga kiritilmoqda. Atom yadrosini o’rganishga oid nisbiylik nazariyasi, kvant
mexanikasi elementar zarralar fizikasidagi har bir yutuq buning isbotidir.
«Elementar zarralar» fizikasi hozirgi vaqtda atomning ichki tuzilishiga oid yangi