175 hodisalardagi qarama-qarshi tomonlar orasidagi kurashning natijasidir. Bunday
o’zgarishlar natijasida eskining o’rnida yangisi paydo bo’ladi, quyidan yuqoriga,
oddiydan murakkabga o’tish sodir bo’ladi. Shuning uchun «harakat» tushunchasi,
«rivojlanish» tushunchasiga qaraganda kengroq tushuniladi.
Harakat materiyaning ichki mohiyatidan kelib chiqadigan ob’ektiv jarayon,
u ikki turda namoyon bo’ladi. 1.Narsalarning mavjud sifatini saqlab qolish asosida
ro’y beradigan o’zgarishlar; 2.Narsalarning mavjud sifatining yemirilishi asosida
sodir bo’ladigan o’zgarishlar.
Harakat turli-tuman ko’rinishlarda bo’ladi. Ilgari harakatning asosiy
shakllariga: a) mexanik harakat; b) fizik harakat; v) kimyoviy harakat; g) biologik
harakat; d) ijtimoiy harakat kiradi, deb hisoblanardi.
Hozirgi zamon fani mikrojismlarning oddiy mexanik harakati, harakatning
boshlang’ich shakli emasligini ko’rsatib berdi. U mikrozarralar harakatiga nisbatan
«yuqoriroq» turadi. Mikrozarralar harakati esa mikrojismlar harakatining asosini
tashkil qiladi. Mikrozarralar harakatining asosida esa yanada chuqurroq jarayonlar
yotadi. Mikrozarralar harakati kvant mexanikasi qonunlariga bo’ysunadi.
Mikrozarralar harakati uzunligi, massaning kattaligi va massa harakatining
tezligiga bog’liq bo’lgan to’lqin bilan bog’liqdir.
«Elementar» zarralar va maydonlar darajasidagi harakatning o’ziga xos
xususiyatlari farqlaridan biri elektromagnit harakat shaklidir. Uning moddiy asosi
elektromagnit maydon va uning zarrasi fotonlardir. Elektromagnit maydondagi
o’zaro ta’sirning tarqalishi to’lqin qonunlariga va yorug’lik tezligi doimiyligi
qonuniga bo’ysunadi. Fotonlar elektromagnit maydon kvantlari bo’lib doimiy
birlikda bo’lgan harakatdagina mavjuddirlar. Bu harakat materiyaning mavjudlik
shaklidir degan falsafiy qoidani to’la tasdiqlaydi.
Elektromagnit maydondan tashqari yana fizik maydonlar ham mavjud.
Ularning hammasiga harakatning alohida shakli muvofiq keladi. Yadro harakati
elementar zarralar va maydonlar harakatiga nisbatan ancha murakkabdir.
Harakatning yadro shakli nuklonlarning (proton va neytronlar) harakati asosida