Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   466
TATU Falsafa

28
 
bo’lmoqda. Bu o’z navbatida, olam haqida rang-barang manzaralarni yaratishga olib 
kelmoqda. Dunyoni ilmiy-bilish va ilmiy boshqarishda falsafa fanining roli tobora oshib 
bormoqda. 
Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi natijasida fan mavjud olamning eng 
murakkab sohalariga tobora chuqur kirib bormoqda. Shuning uchun ham xususiy 
fan vakillari oldida falsafiy dunyoqarashni ijodiy egallash vazifasi ko’ndalang bo’lib 
turibdi. 
Falsafiy dunyoqarashni mukammal egallab olish ijtimoiy fanlar uchun ham 
muhim ahamiyatga ega. Tabiat taraqqiyot qonunlari inson ongida to’g’ri aks etishi 
favqulodda murakkab va qiyin jarayon bo’lib, ijtimoiy hodisalarning unda aks etishi 
esa undan ham qiyindir. 
Ijtimoiy hayotdagi murakkab hodisalarni chalkashtirib yubormaslik uchun 
ijtimoiy fan vakillari falsafiy dunyoqarash bilan qurollanishlari lozim. Har bir olim 
o’z sohasidagi to’g’ri yo’ldan bormog’i, ilmiy tadqiqotning o’ziga xos yo’li va 
metodlarini belgilamog’i uchun uning o’z falsafiy dunyoqarashi bo’lishi kerak. Chunki 
falsafa taraqqiyotining eng umumiy qonunlari haqidagi fan bo’libgina qolmasdan, balki 
tafakkur taraqqiyoti haqidagi, insonni qurshab turgan bu dunyoni bilish qonunlari 
haqidagi fan hamdir. 
Falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatidangina emas, balki amaliy 
jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. Dunyoqarash amaliyot uchun qo’llanmadir. 
Falsafiy dunyoqarash tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini tushunish uchun yordam 
beradi. Kishining amaliy faoliyatida tutgan yo’li, uning dunyoqarashi qanday 
ekanligiga bog’liq. 
Dunyoqarash kishilarning amaliy faoliyat yo’nalishini belgilab beradigan 
qudratli ma’naviy kuchdir. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda jamiyat a’zolari, birinchi 
navbatda yoshlar qalbini egallash, uning dunyoqarashiga muayyan maqsadlarni ko’zlab 
tasir etish avj olib bormoqda. 
Insoniyat yangi asr bo’sag’asida turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi 
mafkuralarning o’zaro kurashi har qachongidan ham ko’ra shiddatli tus olmoqda. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin