Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   466
TATU Falsafa

302
 
Gipoteza 
- olam haqidagi ilmiy manzarani konkretlashtirish yoki uni yangi 
g’oyalar, bilimlar bilan boyitishga qaratilgan bo’ladi. Gipoteza bilish jarayonida 
isbotlansa olam haqidagi ilmiy manzaraning tomoyiliga aylanish yoki yangi ilmiy 
tamoyilning kelib chiqishga asos bo’lishi mumkin. 
Olam haqidagi ilmiy manzarani yaratishda ilmiy nazariya katta o’rin 
egallaydi. Ideallashtirish aksiomatik, gipotetik, deduktiv usullari asosida yaratilgan 
ilmiy nazariya narsa va hodisalarning eng chuqur aloqalarini aks ettiradigan, ilmiy 
asoslangan, sistemalashtirilgan bilimlar tizimini tashkil etadi. Ilmiy nazariyaning 
poydevorini bilishning empirik va nazariy darajalarida to’plangan ma’lumotlar 
tashkil etadi, ayniqsa nazariy darajada qo’lga kiritilgan ma’lumotlar asosiy rol 
o’ynaydi. 
Nazariy bilimlar asosida voqelikdagi narsa va hodisalarning taraqqiy etish 
qonuniyatlarini izohlash yoki ularni bashorat qilish imkoniyati yaratiladi. 
Hodisalarni izohlash ilmiy nazariyadagi qonunlardan ma’lum xulosalar chiqarish 
demakdir. Bashorat qilish ilmiy qonunlar talablarini e’tiborga olgan holda 
hodisalarning kelgusi taraqqiyotini oldindan ko’ra bilishdir. Bundan yaqqol kurinib 
turibdiki, hodisalarni izohlash, ularning taraqqiyot yo’nalishlarini oldindan ko’ra 
bilishda nazariy bilimlar, qonunlar asosiy rol o’ynaydi. 
Shunday qilib, ilmiy bilish bir-biri bilan uzviy bog’langan, bir-birini 
to’ldiradigan empirik va nazariy darajalardan tarkib topgan bo’lib, olamdagi narsa 
va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonunlarini bilish, ularga ongli 
ravishda yondashi imkoniyatini beradi. Bilish jarayonida qo’lga kiritilib falsafiy 
g’oyalar bilan boyitilgan ilmiy axborotlar kishilarning dunyoqarashini 
shakllantirish, ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirishda qudratli ma’naviy kuch 
hisoblanadi. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin