349 Etnik guruhlar, millatlararo munosabatlar masalasida yo’l qo’yilgan xato va
kamchiliklar qanday salbiy oqibatlarga olib kelganligini, nimalarda namoyon
bo’layotganligini bilish, milliy masalada kelajakda bunday vaziyatlar
takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun ularni keltirib chiqargan va keskinlashtirib
yuborgan sabablarni chuqur va atroflicha idrok qilish milliy siyosat yuritishda katta
ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda
barqarorlik,
tinchlikni
saqlab,
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni jadallashtirishda millat va elatlar o’rtasidagi do’stlikni kuchaytirish,
ularning hamkorligani mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan har bir milliy madaniyatdagi yutuqlar, uning
ijobiy, foydali tomonlarini doimiy ravishda o’rganish, ulardan keng va atroflicha
foydalanish milliy madaniyatlarni o’zaro boyitishning, kishilarni baynalminal
ruhda tarbiyalashning zarur yo’llaridan hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida barcha etnik guruhlar va millatlar o’rtasida shu
hududda yashaydigan har qanday odamga o’zini erkin va teng huquqli deb his
qilish uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Ularning fuqarolik, shaxsiy,
ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy
huquqlari
O’zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasida
kafolatlangan.
Masalan,
O’zbekiston Respublikasining
«Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunida O’zbekiston
Respublikasining hamma fuqarolari «ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy
mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati,
mashg’ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar» teng saylov huquqiga ega deb
yozib qo’yilgan. Shuningdek, O’zbekiston hududida yashaydigan etnik
ozchilikning huquqlarini himoya qilish to’g’risida ham alohida ko’rsatib o’tilgan.
Konstitutsiyada yozilganidek, “O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat
qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf odatlari va an’analari hurmat
qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.
Shuni
alohida
qayd
etish
lozimki,
jamiyatimizda
kundan-kunga
mustahkamlanib borayotgan milliy hamjihatlik, milliy birdamlik nafaqat