10-mavzu. Dumalash podshipniklari uchun joizliklar va o‘tqazishlarni tanlash reja podshipniklarni shartli belgilash tizimi



Yüklə 94,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix25.12.2023
ölçüsü94,8 Kb.
#193814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-M

-
tayanch,
faqat o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuchni qabul qilishga mo‘ljallangan (bir 
qatorli zo‘ldirli va va o‘rta xalqasi mahkamlangan ikki qatorli).
O‘z- o‘zidan joylashish belgisi bo‘yicha: 
-
o‘zi o‘rnashuvchi
(sferik sharikli ikki qatorli va rolikli bochkasimon roliklar 
bilan)
- o‘z –o‘zidan o‘rnashmaydiganlarga
bo‘linadi. 
Dumalash podshipniklarining aniqlik klasslari.
Qolgan shartlar bir xil 
bo‘lgan holda podshipnik sifati, uning detallarini tayyorlash va yig‘ish sifati 
(aniqlik 
klassi
) quyidagicha aniqlanadi:
Podshipnik va detallarning aniqligida asosiy ko‘rsatkichlar: 
1. Biriktiruvchi yuzalarining o‘lchamlari aniqligi, ya’ni ichki (d), tashqi (D) 
xalqa diametrlari va xalqaning eni (B): 
2. Podshipnik xalqalarining yuza shakli va joylashish aniqligi (radial va yon 
tepishlar hamda xalqa chetlarining parallelmasligi): 
3. Dumalash elementi yo‘laklari yuzasining g‘adir- budurligi. 
4. Bitta podshipnikdagi dumalash elementlarining shakli va o‘lchamlari 
aniqligi hamda yuzalarining g‘adir- budurligi: 
5. Tashqi va ichki xalqalar dumalash yo‘laklarining yon tepish qiymati: 
Aytib o‘tilgan aniqlikning asosiy ko‘rsatkichlari dumalash elementlariga 
tushadigan kuchlanishning teng taqsimlanishi, aylanish aniqligi va xizmat 
muddatining oshishini ta’minlaydi. 


Asosiy ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda dumalash podshipniklarining besh klassi 
joriy qilingan. Ularning aniqlik darajasi oshib borish tartibida 
0,6,5,4 va 2
raqamlar 
bilan belgilanadi. 
Demak, eng aniq klass 2 eng qo‘poli 0. Radial va radial tayanch 
podshipniklarning aniqligiga bo‘lgan talablarni tasvirlash uchun, masalan, d=80-120 
mm bo‘lgan aniqligi 2 chi klassli podshipniklar ichki xalqasi dumalash 
yo‘lkalarining yon tomonini o‘q bo‘ylab va radial tepishi 0 klass podshipnikning shu 
ko‘rsatkichlaridan 10 baravar kam (tegishli ravishda 2,5 mkm va 25 mkm bo‘ladi). 
Dumalash podshipnigining aniqlik klassi mexanizmning ishlash sharoiti va 
aylanish aniqligiga qarab tanlanadi. Keng qo‘llanadigan mexanizmlarning aksariyat 
qismida aniqlik klassi 0 bo‘lgan podshipniklar qo‘llaniladi. Aniqligi yuqoriroq 
klassli podshipniklar aylanish chastotasi va aniqligi yuqori bo‘lishi kerak hollarda 
qo‘llanadi (masalan, jilvirlash va boshqa o‘ta aniq dastgohlarning shpindellari
aviatsion dvigatellar va hakazo). Giroskop (fazoda o‘z o‘qi yo‘nalishini doim 
o‘zgartirmasdan saqlovchi qurilma) va boshqa o‘ta aniq priborlar hamda 
mashinalarda klassi 2 bo‘lgan podshipniklar qo‘llaniladi. Podshipnikning aniqlik 
klassi uning raqamli belgisidan oldin tire bilan ko‘rsatiladi. Masalan, 6-205 (6-
podshipnikning aniqlik klassi). 0 klassli podshipniklar eng ko‘p tarqalgani uchun 
uning aniqlik klassi ko‘rsatilmasligi ham mumkin. 

Yüklə 94,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin