96-rasm.
Podshipnik xalqalari joizlik maydoning joylashish sxemasi.
Katta tarang o‘tqazishlar qo‘llanmaydi, chunki podshipnik xalqasining
devorlari yupqa bo‘lgani uchun kerakli ishchi tirqishni ta’minlash qiyin.
Podshipnik xalqalari bilan tutashuvchi val va korpus teshigiga o‘tqazishni
belgilashda quyidagi omillarni hisobga olish lozim:
1.
Val aylanayaptimi (ichki xalqa bilan) yoki korpus aylanayaptimi (tashqi xalqa
bilan).
2.
Xalqalarning yuklanish xususiyati.
3.
Aylanuvchi xalqaning aylanishlar soni.
4.
Yuklanish qiymati.
Xalqalar asosan uch xil yuklanish ta’sirida bo‘lishi mumkin:
1.Mahalliy.
2. Doiraviy.
3. Murakkab (tebranma).
Mahalliy yuklangan xalqa –
xalqa yo‘lining cheklangan uchastkasiga ta’sir
qiluvchi natijaviy radial yuklanish
Rd
qabul qiladi hamda val va korpusning
o‘tqazilgan yuzasiga mos ravishda uni uzatadi (97-rasm, a). Bunday yuklanish,
masalan, xalqa kuchga nisbatan aylanmaganda ro‘y beradi (97 a- rasmda –ichki
halqa, 97 b – rasmda - tashqi halqa).
Masalan
: Avtomobil oldingi g‘ildiragining ichki
xalqasi, bu yerda aylanmaydigan ichki xalqaga doimiy yo‘nalishli kuch ta’sir etadi)
Doiraviy yuklangan xalqa –
yukni
Rd
navbat bilan yo‘lakchaning hamma joyi
bilan qabul qiladi (97-rasm, b). Bu holat xalqa bilan birikkan detalning birgalikda
doimiy yo‘nalishda ta’sir etuvchi kuch ta’siri ostida aylanish jarayonida hosil
bo‘ladi. Bunday yuklanish, xalqa qo‘zg‘almas bo‘lib, yuklama aylanganda yoki
xalqa aylanib yuklama o‘zgarmas bo‘lganda sodir bo‘ladi.
Misol,
avtomobil oldingi
g‘ildiragidagi podshipnik tashqi xalqasi yoki transmission val podshipnigining ichki
xalqasi.
Dostları ilə paylaş: