International Conference on Developments in Education Hosted from Amsterdam, Netherlands https :
econferencezone.org June 8 th 2022 140 hayotiy hajmi ancha tekis va propalg’tsional rivojlanadi. Ruhshunos L.S.Slavinaning koʻrsatishicha
boshlangich sinfda bilish faolligi yetarli darajada boʻlmagan oʻquvchilar uchrashi mumkin.
Bunday oʻquvchilar intiluvchan jihatidan normal rivojlangan boʻladilar. Bu rivojlanish ularning oʻyin va
amaliy faoliyatlarida namayon boʻladi. Faol fikr qilish ular uchun xarakterlidir. Bunday oʻquvchilariga
oʻqituvchi alohida xotira bilan qarashi kerak. Ularning fikr qilishi faoliyatiga odatlantirib ularni yutuqlarini
har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi dastlabki paytlarda oʻquv vazifalarini bajarishni oʻyin va amaliy faoliyatni
bilan bog’lab olib borish kerak.
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning barcha oʻqish faoliyati qat`iiy ravishda maqsadga
muvofiqlashtirilgandir. Avvalo, oʻquvchilar oʻqish, yozish, va hisoblash malakasini egallashlarini, arifmetika,
ona tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta hajmda
bilimni ortirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaning bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda
rivojlanadi. Uchinchidan, bilim jarayonlarininng taraqqiyoti, aqliy rivojlanish yuzaga keladi. Faol mustaqil
ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi va nihoyat, oʻqishga boʻlgan yoʻnalish oʻqishga nisbatan
mas`uliyatli munosabat yuzaga keladi. Bunda quyidagilar muhim hisoblanadi:
Idrok. Kichik yoshdagi oʻquvchilar idrokining oʻtkirligi sofligi bilan farq qiladilar. Oʻquvchilarning idroki
oʻziga xos bilimga tomoshabin tariqasida berilganlik bilan farq qiladi.
Xotira. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar xotiraining asosiy hususiyatlari ixtiyoriy zaifligidadir. Kichik
maktab yoshida xotirani iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish imkoniyati cheklangan boʻladi.
Xotira. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda xotira ta’limining ta’siri bilan ikki yoʻnalishda rivojlanadi.
Soʻz mantiq xotirasining va ma’nosiga tushunib xotirada saqlab qolishning salmog’i kuchayadi, tartibga solish
imkoniyatlariga ega boʻladi.
Birinchi signal tizimi faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda soʻz
mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda koʻrgazmali-obrazli xotira koʻproq rivojlangan boʻladi. Kichik
maktab yoshidagi oʻquvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda aniq ma’lumotlarni, voqeliklarni,
qiyofalarni narsalarni va dalillarni yaxshi tez esda olib qoladigan va xotiralarida mustahkam saqlaydilar.
Xayol. Xayol muhim ruhiy bilish jarayonlaridan biridir. Xayolning faoliyatsiz oʻqituvchi gapirayotgan va
darslarda yozilgan narsalarning tassavvur qilishni hamda koʻrgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib,
hech qanday oʻquv predmetni chinakkam oʻzlashtirishi mumkin emas.
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchining xayoli uning oʻquv faoliyatining ta’siri va talablari bilan tarkib topadi.
Shuning bilan bir qatorda, bevosita taassurotlar (muzey, koʻrgazmalarni borib koʻrish, kinokartinalarni
koʻrish, sayohatlarga borish, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham xayolni rivojlantiradi.
Aslida, kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida hal qiluvchi siljishlar davri boʻlmasa ham,
bunday davr oʻsmirlik davridir, shunga qaramay, bu davrda shaxsning tarkib topishi yetarli darajada sezilarli
yuz beradi. Yuqorida qayd qilib oʻtilganidek, maktabga kirish bolaning hayotida burilish momenti
hisoblanadi. Kattalar (oʻqituvchilar) va tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan yangi munosabatlar maydonga keladi.
Bolaga butun bir jamoaviylik sistemasiga (umum maktab, sinf) qoʻshiladi. Oʻqituvchi oʻz oldiga bir qator
jiddiy talablarni qoʻygan, oʻqishga - yangi faoliyat turiga qoʻshilish oʻquvchining oʻz hayotini qat`iy tarzda
tashkil qilishga, qoida va rejimga boʻysunishga majbur qiladi. Bularning barchasi atrof-olamdagi voqeylikka,
boshqa kishilarga, jamoaviy ta’limga va uning bilan bog’liq boʻlgan majburiyatlarga nisbatan yangi
munosabatlar tizimining tarkib toptirishga va mustahkamlashga qat`iy ravishda ta’sir qiladi, xarakterni,
irodani tarkib toptiradi, qiziqishlar doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar taraqqiyotini belgilaydi.
Ruhiy-axloqiy rivojlanish va xatti-haraktlar qoidalarini oʻzlashtirish kichik maktab yoshidagi davrda axloqiy
xatti-harakat poydevori qoʻyiladi, axloqiy rivojlanish va xatti-harakat qoidalari oʻzlashtiriladi. Shaxsning
ijtimoiy yoʻnalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan
4-sinfgacha boʻlgan davr mobaynida muhim oʻzgarishlarga uchraydi. Ushbu yoshning oxirgi davrlariga kelib
axloqiy bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli darajada boyiydi, anchagina anglangan boʻladi, turli
tushunchalarga ega boʻladi, umumlashadi. 1- va 2- sinf oʻquvchilarining axloqiy mulohazalari oʻz xatti-
harakatlari tajribasida, oʻqituvchilar hamda ota-onalarning aniq koʻrsatmalari va tushuntirishlariga asoslanadi.
3-4 sinf oʻquvchilari esa axloqiy mulohazalarida oʻz xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning
koʻrsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham tahlil qilishga intiladilar. Bu davrda
adabiyotlarni oʻqishda, oʻquvchilar uchun chiqarilgan kinofilmlarni koʻrish ancha katta ahamiyat kasb etadi.