S. F. Abdirasilov



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

- j ' à
r4¿-.|í'^íí
A. Abdullayev. Shoir Said
Ahmad portreti.
Rassom 
«Akademik 
Qori 
Niyoziy», yozuvchilardan «Oybek»,
«Sobir Abdulla» portretlari, «Onam 
portreti», «Indira Gandi» surati,
«Buvi 
bilan 
nabira», 
«Rassom 
Chingiz Ahmarov» kabi o ‘nlab 
bebaho 
asarlar 
muallifidir.
Abdulhaq 
Abdullayev 
yaratgan 
portretlar 
0 ‘zbekiston 
tasviriy 
san’atining noy ob durdonalariga 
aylanib qolgan.
Rassom ijodining insonpar- 
varlik motivlari «Katta oila» nomli 
polotnosida 
o ‘zining 
yaqqol 
ifodasini topgan. II jahon urushi 
yillarida 
ota-onasiz 
qolgan 
14 
bolani bag‘riga olib, tarbiyalab 
voyaga yetkazgan Shomahmudoviar 
oilasi ko'pchilikka tanish.
Suratda katta tut daraxti tagidagi so'rida bu ahil oilaning hamma 
a’zolari to‘planishgan. Surat markazida oppoqqina bolani ko‘tarib 
o‘tirgan oila boshlig‘i, uning rafíqasi Bahri opa, qizlari, kelinlari, 
nabiralari, nariroqda ish bilan band bo‘lgan o‘smir bolalar tasvirlangan. 
Ular xat o ‘qish bilan band. Tabiat manzarasi, odamlarning rang-barang 
liboslari yorqin, sho‘xchan bo‘yoqlar gammasida bajaiilgan bo‘lib, 
suratning ko‘tarinki ruhiga mos tushgan.
A. Abdullayev ijodida bolalar obrazlari salmoqli o ‘rin egallaydi. 
Bular orasida «Shahlo» portreti alohida ahamiyatga ega. Bu portretda 
tasvirlangan qizchaning charosdek tim qora ko‘zlarida bolalarga xos 
ajablanish va zavqlanish tuyg‘ulari yaqqol ifodalangan.
Mutafakkir shoir hazrat Alisher Navoiy obrazini yaratish uchun 
rassom uzoq yillar davomida tinimsiz iziandi va muvaffaqiyatga erishdi. 
G ‘azal mulkining sultoni A. Navoiy A. Abdullayev yaratgan portretda 
tinch, osoyishta, nafosat cho‘qqisida turganday ifoda etilgan.
Abdulhaq Abdullayevning asarlari mazmundorligi, ruhiy o ‘tkirligi, 
koloriti va xarakterlarning aniq ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Bu 
asarlar xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish qilingan. Ulaming anchagina 
qismi 
Moskvadagi 
Sharq 
madaniyatlari 
muzeyida, 
Tretyakov 
galereyasida, 0 ‘zbekiston Davlat muzeyida saqlanmoqda,
118
www.ziyouz.com kutubxonasi


O ‘zbekiston xalq rassomi, professor, Badiiy akademiyaning faxriy 
akademigi Malik Nabiyev (1916-2009) Toshkent shahrida tug'ilgan. 
M alik Nabiyev tasviriy san’atning ilk saboqlarini rassom Bahrom 
Hamdamiydan olgach, ustoz maslahatiga binoan rassomlik bilim yurtiga 
o‘qishga kiradi. 1937-yili Toshkent badiiy texnikumini, so‘ngra 
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining badiiy- 
grafika fakultetini tamomlagan. Ijodining ilk davrida M. Nabiyev 
portretnavis rassom sifatida tanilgan. U turli mavzuda kompozitsiyalar 
yaratgan. Rassomning «Oilaviy konsert» va boshqa suratlarida hayot 
hodisalari ko‘p tomonlama va mazmundor qilib tasvirlangan. 30-yillarda 
yaratgan « 0 ‘zbeb> portreti, «Tikuvchi», «Qo‘zg‘oIon bostirildi» asarlari 
Nabiyevni muxlislarga iste’dodli yosh rassom sifatida tanitdi. Ijodiy 
izlanishda davom etgan rassom ustozlari Benkov, Tatevosyanlardan 
tasvir sirlarini o‘rgandi.
M. Nabiyev ko‘proq nafis san’atning tarixiy janrida mo‘yqalam 
tebratayotgan rassomlardandir. Yoshligidan tarixiy mavzularga qiziqqan 
rassom o‘qiganlarini suratlarda aks ettirishga harakat qiladi. Uning 
«Spitamen qo‘zg‘oloni», «Muqanna qo‘zg‘oloni», «Hosilning yo‘q 
qilinishi», «Jizzaxdagi 1916-yilgi qo‘zg‘olon» deb nomlangan suratlari 
shular jumlasidandir. «Spitamen qo‘zg‘oloni» suratida xalqning 
eramizdan oldingi IV asrda yunon bosqinciiilariga qarshi olib borgan 
vatanpai'varlik harakati aks ettirilgan. Rassom ozodlik uchun boigan 
xalq qo‘zg‘olonlari mohiyatini ochib beradi. Bu borada, rangtasvirchi 
rassom M. Nabiyev avloddan-avlodga hikoya qilinib kelinayotgan 
tarixiy voqealarni astoydil oigan ib , ularni jonli ranglarda tasvirlashga 
muvaffaq 
boigan. 
Ала 
shunday 
asarlardan 
birida 
Iskandar 
Zulqarnaynga qarshi jang qilgan so‘g‘diylar qahramoni Spitamen aks 
etgan. Asar o'zining uslubi, kompozitsion tuzilishi jihatidan boshqa 
tarixiy asarlardan ajralib turadi. Unda ishlatilgan qizil, sariq, yashil, ko‘k 
bo‘yoqlar gammasi rassomga asarning mazmunini, uning g‘oyasini 
ochishga yordam bergan. Qo‘zg‘olon mavzusida yaratgan manzaralarida 
xalqning g‘alabaga, ozodlikka b o ig an intilishlarini obrazli tarzda aks 
ettirishga harakat qiladi.
M. Nabiyev ijodida buyuk siymolar portretlari alohida o‘rin tutadi. 
1949-yili Abu Rayhon Beruniy vafotining 900 yilligi munosabati bilan 
ulug‘ mutafakkir portretini yaratish uchun katta tanlov e’lon qilingandi. 
Unda respublika rassomlari qatori boshqa respublikalar mo‘yqalam 
ustalari ham qatnashib, 80 ga yaqin asar tanlov hay’ati e’tiboriga havola 
etildi. Nabiyev yaratgan «Beruniy» portreti yuksak baholandi. Rassom
119
www.ziyouz.com kutubxonasi


yetuk san’atkorlar qatoridan o‘rin oldi. Bu portretni yaratisli ijodkor 
uchun mashaqqatli va sharafli edi. Chunki Beruniy qiyofasini ifoda 
etadigan hech qanday ma’lumot va tasviriy material yo‘q edi. Abu 
Rayhon Beruniy o ‘z zamonasining turli fanlarini, birinchi navbatda, 
astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya 
asoslarini puxta bilgan, bu fanlar taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan 
buyuk qomusiy olim edi. Uning ko‘p qiiTali ilmiy va insoniy qiyofasini 
tasvirlash rassomdan juda katta mehnat va mahoratni talab etardi. 
M. Nabiyev ko‘p izlandi, sharqshunos olimlaming fikr-mulohazalariga 
tayanib, fakt va ko‘rsatmalar asosida Beruniy yashagan tarixiy davmi 
o‘rgandi, X -X I asrlar Xorazm tangalaridagi shohlar rasmi bilan tanishdi 
va,; nihoyat, Bemniy obrazini suratda aks ettirdi. Nabiyev shundan keyin 
ham buyuk olimning qiyofasini yaratishdagi izlanishlarini to ‘xtatmadi. 
1973-yili Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan yaratgan 
portretida ulug‘ siymoning yaxlit obrazini gavdalantirdi. Rassom Abu 
Rayhon Beruniyni kamtar va sodda kishi sifatida tasvirlaydi. Uning 
ko‘zlarida donolik, idrok va ijodiy g ‘ayrat ko‘rinib turibdi. Bu portret 
ikkinchi marotaba ham tanlov g‘olibi bo‘ldi va YuNESKOning «Kurer» 
jurnali 
muqovasida, 
xorijiy 
mamlakatlarning 
ko‘pgina 
jurnal, 
gazetalarida hamda otkritka, marka, plakat tarzida bir necha bor 
nashrdan chiqarildi.
Musavviming yutuqlaridan yana biri u yaratgan buyuk shoir, adib, 
faylasuf va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur obrazidir. Bobur 
obrazini yaratish uchun rassom Afg‘oniston, Hindiston va boshqa bir 
qancha xorijiy mamlakatlarda bo‘ldi. Bobur yashagan, ijod qilgan, jang 
qilgan joylarni o ‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. M. Nabiyev Bobur she’riyati bilan 
chuqur tanishib, uning hayotini mukammal o ‘rganib, shoiming navqiron 
va toiaqo n li portretini yaratdi. 
1968-yili Alisher Navoiy va 
Abdurahmon Jomiy portretlarini chizib, san’at muxlislari e’tiboriga 
havola qildi. Bu portretlarning har biri o'ziga xos xarakteri va yaratilish 
uslubi bilan ajralib turadi.
Keyingi yillarda M. Nabiyev ijodida tarixiy mavzular bilan bir 
qatorda, zamonaviy mavzularda portret asarlari ham paydo bo‘ldi. 
Rassom yaratgan «Sut sog‘uvchi», «Samarqandlik qiz», «Bog‘bon», 

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin