S. F. Abdirasilov


mashq^-gorizontalyo‘nalishda to ‘g ‘richiziqlaryuritish



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

mashq^-gorizontalyo‘nalishda to ‘g ‘richiziqlaryuritish.
Dastlabki to ‘g ‘ri chiziqni chizish uchun qo‘lni qalamni chapdan 
o ‘ngga tekis harakatini o'zlashtirish lozim. Ko‘p o‘tmay har bir yangi 
chiziq borgan sari aniq va ravshan bo‘lib boradi.
Ikkinchi mashq -
tik va og‘maparallel to ‘g ‘ri chiziqlar o ‘íkazish.
Tik va og‘ma chiziqlami chizganda tepadan pastga harakat qilinadi. 
Bunday mashqlarda qo‘lning tekis harakatiga intilish zarur. Bular 
hammasi ko‘z bilan chamalash va nisbatlami to‘g ‘ri aniqlashni 
rivojlantirishga qaratilgan. Savodli tasvirlashni o ‘rganishning asosiy 
vazifalaridan biri - proporsional munosabatlami saqlash.
Nisbatlami to‘g‘ri aniqlash malakalari to‘g‘ri chiziqlami teng 
bo‘laklarga boMishda rivojlanadi. A w alo, chiziqni ikki teng bo‘lakka, 
keyin esa to‘rtta teng qismga, sakkizga va ko‘p bo‘laklarga bo'ladi. Bu 
mashqlami bajarish o‘quvchilardan katta faollikni talab etadi.
Baliq tasviriní metodik bosqichda tasvirlasli.
172
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. Tasvirlashning perspektiva asoslari
Mazmuni:
Perspektiva haqida umumiy ma’lumot. Perspektiva 
turlari. Narsalarni tasvirlashda perspektivaning qoiuin- 
qoidalari va asosiy tushunchalari (ufq chizigM, kesisliish 
nuqtasi, ko'rish nuqtasi, surat tekisligi). Turli hajmga cga 
bo'lgan 
buyumlarni 
tasvirlashning 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlari. 
Narsalarni 
tasvirlashda 
perspektiva 
qoidalariga amal qilinishi.
Topshiriq 
-
qalamda kub, yashik, chelak, to‘g‘riburchakli, 
silindrsimon, konussimon buyum 
kabilami rasmini 
chizish.
Kundalik hayotimizda uchraydigan va tevarak-atrofimizni qurshab 
turgan narsalarga nazar tashlasak, ular uzoqlashgan sari go‘yo bir 
nuqtada uchrashayotgandek tuyuladi. Ko‘cha chetlaridagi qator 
daraxtlar, simyog‘ochlar bizdan uzoqlashgan sari kichrayib boradi. 
Daraxtlaming yam-yashil barglari 
o‘zoqlashgan sari ko‘m-ko‘k 
ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Tabiatdagi narsalaming ana shunday 
ko‘rinishini qog‘oz yoki biror bir buyum ustida tasvirlash bilan 
shug'ullanadigan fanni perspektiva deyiladi.
Perspektiva fransuzcha so‘z bo‘lib, (la perspective) - «uzoqqa 
qarash», yunonchasiga esa - «oyna orqali to‘g‘ri va aniq ko‘rayapnian» 
degan ma’noni bildiradi.
Pei'spektiva fani realistik rasm yaratishda narsalarni ko‘z 
o‘ngimizda qanday ko‘rsak, shunday tasvirlasliga yordam beradi. 
Ibtidoiy davr odamlari qoya va toshlarga ko‘mir bilan turli tasvirlarni 
tushirib, so‘ngra ular ustidan o ‘tkir toshni yurgizib chiqqanlar, keyin esa 
tasvirlarni pushti rang bilan bo‘yaganlar. Shuni ta’kidlash lozimki, 
aksariyat tasvirlar afsonaviy va turli marosimlar asosida ishlangan 
(ritual) suratlar bo‘lib, insonlaming o ‘sha davrdagi dunyoqarashlarining 
dastlabki ko‘rinishlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Ko‘pincha, mamont, 
bizon va boshqa hayvonlar yakka-yakka qilib tasvirlangan. Sharq 
miniatyuralarida ikki va undan ko‘proq odam va hayvonlar tasvirini 
uchratish mumkin. Bu tasvirlarda perspektiva qoidalariga amal 
qilinmagan. Y a’ni narsalaming oldingi qatordagilari kattaroq, keyingi 
qatordagisi esa kichikroq tasvirlangan. Uzoqdagi narsalar teparoqda, 
yaqindagisi esa tasvir pastrogMda, lekin bir xil kattalikda tasvirlangan. U 
vaqtlarda perspektiva tushunchasi bo‘lmagan.
173
www.ziyouz.com kutubxonasi


Uyg‘onish davrining buyuk siymolar italiyalik mashhur rassomlar 
Bruneleski, Pero Della Franchesko (1416-1492), Leonardo da Vinchi 
(1452-1517)lar perspektiva qonuniyatlari bilan shug‘ullangan. Nemis 
rassomi va uymakori Albrext Dyurer birinchi bo‘lib perspektiv 
apparatda tasvirni yasashda ko‘rish nuqtasining qo‘zg‘almas ekanligini 
isbotladi va bular to‘g‘risida risola yozgan.
Perspektiva qonunlari ko‘p, lekin biz ulaming eng asosiylaridan 
foydalanamiz. Rasm chizishda rassom perspektivaning kuzatish, chiziqli 
va havoiy turlaridan keng foydalanadi. Kuzatish perspektivasi bu 
kenglikni bevosita kuzatish, chamalash asosida amalga oshiriladi. 
Chiziqli perspektivaning ma’nosi perspektiv tasvirlanishi chiziqli 
geometrik qurilish uslubiga asoslanishiga tayanadi. Havoiy perspektiva 
kuzatuvchidan nai-salami uzoqlashgan sari havoiy muhit ta’sirida tus va 
rang o'zgarishlarini o‘rganadi.
Misol tariqasida, taqqoslab ko'ringchi, xonaning fazoviy ko‘rinishi 
qanday idrok etiladi, agaida orqa devorini havo rangga bo'yalsa:
ipi

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin