224
Jiddiy kostyumga tabiiy hamda sun’iy ipakdan bo‘lgan bo‘yinbog‘lar to‘g‘ri keladi.
Kapalaksifat bo‘yinbog‘lar alohida vaziyatlar uchun mo‘ljallangan. Ular odmi va
nafis tusda bo‘lishlari lozim. Mayda rasmli kostyumga har qanday bo‘yinbog‘
bo‘laveradi. Olachipor kostyumga bir tusdagi bo‘yinbog‘ mos tushsa yaxshiroq
bo‘ladi. Ammo bunda ikkita qoidaga amal qilish lozim: yo bo‘yinbog‘ni
tanlayotganda uni
kostyum rangi bilan bir tusda, ammo sal ochroq yoki sal to‘qroq
bo‘lishiga harakat qilish kerak. Chunki bu bilan ular bir-birini to‘ldirib turadi, yoki
kostyum va bo‘yinbog‘ bir-biriga qarama-qarshi tusda (albatta, uyg‘unlashgan holda)
bo‘lishi lozim. Lekin bundan qarama-qarshilik sizda yagona bo‘lishi kerak!
Dostları ilə paylaş: