DASTRO‘MOL – ham aksessuar hisoblanadi. Dastro‘molni dazmollangan
holda shim cho‘ntagi yoki sumkada saqlash kerak. Aksirgandan so‘ng uni qoqib
o‘tirish nojoiz, darrov olib qo‘ying. Erkakni kostyumini yoki ayolni nafis bezaydigan
dastro‘mol – boshqa narsa. Erkaklarnikidan kichikroq bo‘lgan bu dastro‘mol
jamoatda ko‘z-ko‘z bo‘lishga arziydi. Erkaklarning oq rangdagi dastro‘moli ustki
kiyimning cho‘ntagida bir-ikki santimetr, yoki uchburchak shaklida chiqarib
qo‘yiladi. Har bir kishida ikkitadan dastro‘mol yurishi shart.
ETIKET - «Etiket» (odob-axdoqqoidalari) so‘zi fransuzcha so‘zidan olingan
bo‘lib, u yoki bu jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor shakli, ehtirom ko‘rsatish, va
o‘zini tuta bilish qoidalarining majmuasini bildiradi. Hamda takallufning mayda-
chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‘zini
quvontiradigan muomala hodisasi sifatida jamiyatdagi ma’lum bir mavqega
muvvaffaqiyatli erishishning garovi tarzda ish ko‘radi. Zero, kishilarning o‘zaro
munosabati agar u ijobiy tus olsa, har qanday hoh u jamiyat yoki shaxs ravnaqi uchun
bo‘lsin muvaffaqiyatli kechadi. Insonning ichki dunyosi, shaxsi, aqli va his –
tuyg‘ulari uning tashqi qiyofasi – ko‘zlari, chehrasi, shuningdek qaddi – qomati va
yurish – turishida to‘la aks etadi. Insonnning ichki dunyosi qanchalik mukammal
bo‘lsa, yurish – turishi ham Shunchalik madaniyatli bo‘ladi.
ETIKET BO‘YICHA MUOMALA QILISHNI BILISH - avvalambor
suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar
mavjud. Suhbatdoshingizni gapini bo‘lmasdan uni eshitishni o‘rganing. Zero,
suhbatdoshingizni hamdardlik, layoqatlilik, yaxshi niyatliligingizni ko‘rsatib, diqqat
va sabr-toqat bilan eshita olishning o‘zi - bu iste’dod. Lekin bu iste’dod tug‘ma emas
– har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarida mujassam etib, tarbiya toptirishi
mumkin. Suhbatdoshingizni tinglayotib iloji boricha uning ko‘ziga qarashga harakat
qiling. Suhbatdoshingizning gaplariga tasdiq sifatida yo boshingizni silkitib yoxud
so‘zlar bilan suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga harakat qiling.