MUROJAAT QILISH - Murojaat qilish (obrashenie) - insondan ko‘p narsani
talab qilmaydi. U insonni tarbiya ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar
majmuasidir. Murojaat qilish har–xil bo‘lib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay
paytda, suhbatdosh bilan o‘rtalaridagi munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi.
Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat, balki o‘z
maqsadiga erishish uchun ham qo‘llanadi. Insoniy munosabatlar asosida
aytilayotgan so‘zlar faqat axloq normalariga bo‘y sunadi, bu esa qarindoshlar
o‘rtasidagi, sevishganlar o‘rtasidagi, er–xotin o‘rtasidagi, do‘stlar yoki mansabdor
shaxs va qo‘l ostidagi inson bilan bo‘ladigan munosabatlarda qo‘llaniladigan
so‘zlardan tubdan farq qiladi. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular –
rasmiy, ishonchli, intim va nomsiz.
MUHOKAMA - ma’lum bir masala yuzasidan ko‘pchilikni fikrini to’plashni,
ma’lum to‘xtamlariga kelishini anglatadi. Muhokamada bahs predmetining hamma
tomonlari nazarga tashlanadi. Xar bir ishtirokchi o‘zining erkin fikrlarini o‘rtaga
tashlaydi. Mavzu ishtirokchilarning turli hajmdagi diologlari, monologlari asosida
yoritiladi. Muhokamada fikrni og‘zaki bayon yetishning har-xil usullaridan
foydalaniladi.
IJOBIY XISLATLAR - Odob saqlash, rasm - odat bo‘lib qolagan odob
qoidalaridan chetga chiqmaslik hamda etika va estetika talablarini bajo keltirishdir.
Odoblilik samimiyatga asoslangan bo‘lib, insonning boshqalarni xijolat qiladigan,
ranjitadigan yoki quvontiradigan narsalarning hammasini anglab olishini,
boshqalarning ehtiyoj – talablarini va kechinmalarini tushuna bilishini shart qilib
qo‘yadi. Farosatli kishi noqulay vaziyat sodir bo‘lishini oldini olishga intiladi.
Chiroyli hatti–harakatlar qoidalarini yodlab olib, unga odatlanish mumkin, lekin odob
qoidalarikishidan ko‘proq narsani talab qiladi. Odobga o‘rganish uchun inson o‘zini
boshqa inson o‘rniga qo‘yib ko‘rishi kerak bo‘ladi. Farosatlilik jamiyatga, insonning
o‘ziga yoki birovga xavf tug‘dirmaydigan hollarda boshqalarning ishiga
aralashmaslikni talab qiladi.