SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 2
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1213
MODA ESKIZLARINI CHIZISHDA ODAM QOMATINI TASVIRLASH
Firdavsxon Qodiriy
Toshkent to‘qimachilik va
yengil sanoat instituti
ANNOTATSIYA
Maqolada odam qomati chizilish tarixi, qonuniyatlari, moda eskizlarida erkak va
ayol qomatini to‘g‘ri tasvirlash haqida ma’lumotlar berilgan. Turli odam qomati
shakllari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: eskizlar, figura, tana proporsiyalari, model qomati, o‘lcham, bosh
chizmasi, qo‘l kafti, oyoq panjasi.
KIRISH
Moda sohasida mutaxassis bo‘lib yetishib chiqayotgan talabalardan odam qomatini
tasvirlash
katta kuch, hamda qonun-qoidalar va timsollar orqali ifodalangan go‘zallik
qonunlarini izlash va qayd qilishni talab etadi. Qonun-qoidalarni o‘rganish – bu odam
qomatini to'g'ri chizish uchun zarur bo‘lgan baza bo‘lib,
eskizda ijodiy yondashuv
boʻlishiga qaramasdan, kiyim tuzilishi odam qomatiga moslangan bo‘lishini
hisobga
olish zarur. Odam qomati tahlil natijasida, akademik chizma tasvir asosida o‘rganilib,
moda usuliga moslashtirilgan holda uslublashni o‘rganish, ya’ni tananing turli qismlari
orasidagi nisbatlarni to‘g‘ri
saqlagan holda, odam qomatining ayrim proporsiyasini
o‘zgartirish nazarda tutiladi.
Tana proporsiyalari - bu tana va uning alohida
qismlarining mutanosibligi
hisoblanadi. Tananing to‘g‘ri proporsiyalari odamga estetik ko‘rkamlik va garmonik
barkamollik ko‘rinishini baxsh etadi.
Gavdaning holati o‘zgarganida suyak va muskullar
holatining odam qiyofasiga
qanday ta’sir etishini bo‘lajak dizayner rassomlar plastik anatomiya orqali o‘rganadilar.