Egri chiziq bo‘ylab matn Ixtiyoriy egri chiziq bo‘ylab joylashadigan matnni ikki yo‘l bilan yaratish mumkin. Birinchi yo ‘ l-bu avval matnni yozib, keyin chiziqni chizib, Текст
► Текст вдоль пути buyrug‘idan foydalanish. Ikkinchi yo‘l chiziqni chizib, asboblar panelidan Текст asbobini tanlab, uni chiziq yaqiniga olib borish bilan. Bunda sichqoncha ko‘rsatkichi egri chiziqli yozuv ko‘rinishga kelgandan keyin uning chap tugmasi bosiladi va matn kiritiladi va bu matn chiziq bo‘ylab joylashadi (65-rasm). Kiritilgan matnni tahrirlash (simvollar kiritish va o‘chirish) va chiziq bo‘ylab siljitish mumkin. Abzasli matnni chiziq bo‘ylab joylashtirib bo‘lmaydi.
59
65-rasm. Matnlarni doira va egri chiziq bo’ylab yozish Matn ancha murakkab shakldagi figura ichini to‘ldirishi mumkin.Vektorli obyekt ichini uning shakliga mos ravishda matn bilan to‘ldirish uchun, asboblar panelidan Текст
asbobini tanlab uni vektorli obyekt yaqiniga olib borish va sichqoncha ko‘rsatkichi yozuv
harflari ko‘rinishga kelganda chap tugmani bosish va matnni kiritish kerak bo‘ladi. Bunda kiritilgan matn vektorli obyekt shakliga mos joylashadi (66-rasm). 66-rasm. Matnlarni vektorli obyekt ichiga joylash
60
Shriftni tanib olish CorelDRAW da yangi paydo bo‘lgan imkoniyatlardan biri bu rastrli tasvirni (skanerlangan yoki ixtiyoriy boshqa) tahlil qilib, unda yozilgan matnning shrift turini aniqlashdir. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun CorelDRAW hujjatiga tasvir joylashtiriladi va Текста WhatTheFont ?
Buyrug‘i tanlanadi. Bunda sichqoncha ko‘rsatkichi nishon ko‘rinishiga o‘zgaradi va tahlil qilinishi kerak bo‘lgan soha sichqoncha bilan belgilanadi. Belgilangan sohada sichqoncha chap tugmasi bosiladi va brauzer oynasida http://www.mvfonts.com/ internet sahifasi ochiladi. Bu sahifada Поиск tugmasi bosilib, ochiladigan oynada tahlil natijalari ko‘rinadi.