Chuvalchangsimon mushak (m.lumbracales) oyoq panjasining II-IV barmoqlari asosida
joylashgan bo’lib barmoqlarni kaft barmoq bo’g’iniga bukadi.
Suyaklararo oyoq-kaft mushaklari kaft suyaklarining orolig`ida ikki qator kurinishda
joylashgan bo’lib, oyoq barmoqlarini bir biridan uzoqlashtiradi va yaqinlashtiradi.
Chanoq fassiyasi . Qorin fassiyasining bevosita davomi bo’lib, chanoq bo’shlig’ining
ichki fassiyasini hosil qiladi. Dumba mushaklarini tashqi tomonidan yuza fassiya to`playdi va
undan ajralgan to’siq pardalar bir mushakni ikinchisidan ajratib qin hosil qiladi.
Son fassiyasi. Chanoq sohasidagi fassiyalarning bevosita davomi bo’lib, latiral sohada
sonning qalin serba fassiyasiga aylanadi va xar bir son mushagini alohida uruvchi mushak
fassiya qinini hosil qiladi. Sonning xususiy fassiyasi boldir fassiyasiga davom etib, har bir
mushakni alohida o’raydi va boldirning pastki (distall) qismida kengayib, yo’g’onlashib boldir
mushaklarini yaxlit o’raydi. So’ngra
xar bir mushak paylari uchun sinovial qin hosil qilib oyoq panja fassiyasiga aylanadi va oyoq
kaftida kaft aponevroziga aylanadi.
Son uchburchagi (trigonum femorale) sonning oldingi yuqori tomonida joylashgan
bo’lib lateral tomondan tikuvchilar mushagi, medial tomondan sonni yaqinlashtiruvchi uzun
mushaklar va yuqoridan chov boylami bilan chegaralangan. Unda yirik tomirlar, asab tolalari va
limfa tugunlari yuzasi joylashgan.
Yaqinlashtiruvchi son (canalis vastoabdugtorius) kanali sonning medial guruhidagi
yaqinlashtiruvchi mushaklar orasida hosil bo’ladi. Uning kirish teshigi son uchburchagining
pastki burchagidan boshlanib,
kanal yuqoridan pastga va oldindan orqaga qarab yonalgan, kanalning pastki teshigi tizza osti
chuqurchasiga ochiladi. Uning uzunligi 7-8sm ga teng. Kanalning muxumligi shundaki unda
joylashgan yirik qon tomir va asab tomirlari tashqi taassurotlardan himoya ostida bo’ladi.