Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Chuvalchangsimon mushak
(m.lumbracales)
oyoq panjasining II-IV barmoqlari asosida 
joylashgan bo’lib barmoqlarni kaft barmoq bo’g’iniga bukadi. 
Suyaklararo oyoq-kaft mushaklari kaft suyaklarining orolig`ida ikki qator kurinishda 
joylashgan bo’lib, oyoq barmoqlarini bir biridan uzoqlashtiradi va yaqinlashtiradi. 
Chanoq fassiyasi
. Qorin fassiyasining bevosita davomi bo’lib, chanoq bo’shlig’ining 
ichki fassiyasini hosil qiladi. Dumba mushaklarini tashqi tomonidan yuza fassiya to`playdi va 
undan ajralgan to’siq pardalar bir mushakni ikinchisidan ajratib qin hosil qiladi. 
Son fassiyasi.
Chanoq sohasidagi fassiyalarning bevosita davomi bo’lib, latiral sohada 
sonning qalin serba fassiyasiga aylanadi va xar bir son mushagini alohida uruvchi mushak 
fassiya qinini hosil qiladi. Sonning xususiy fassiyasi boldir fassiyasiga davom etib, har bir 
mushakni alohida o’raydi va boldirning pastki (distall) qismida kengayib, yo’g’onlashib boldir 
mushaklarini yaxlit o’raydi. So’ngra 
xar bir mushak paylari uchun sinovial qin hosil qilib oyoq panja fassiyasiga aylanadi va oyoq 
kaftida kaft aponevroziga aylanadi. 
Son uchburchagi
(trigonum femorale)
sonning oldingi yuqori tomonida joylashgan 
bo’lib lateral tomondan tikuvchilar mushagi, medial tomondan sonni yaqinlashtiruvchi uzun 
mushaklar va yuqoridan chov boylami bilan chegaralangan. Unda yirik tomirlar, asab tolalari va 
limfa tugunlari yuzasi joylashgan. 
Yaqinlashtiruvchi son
(canalis vastoabdugtorius)
kanali
sonning medial guruhidagi 
yaqinlashtiruvchi mushaklar orasida hosil bo’ladi. Uning kirish teshigi son uchburchagining 
pastki burchagidan boshlanib, 
kanal yuqoridan pastga va oldindan orqaga qarab yonalgan, kanalning pastki teshigi tizza osti 
chuqurchasiga ochiladi. Uning uzunligi 7-8sm ga teng. Kanalning muxumligi shundaki unda 
joylashgan yirik qon tomir va asab tomirlari tashqi taassurotlardan himoya ostida bo’ladi. 



Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin