Chanoq va oyoq mushaklari. Oyoq mushaklari oyoq kamari (chanoq) mushaklari va oyoqning erkin mushaklari
guruhiga bo’linadi. Chanoq mushaklari joylashishiga qarab oldingi (ichki) mushaklar: yonbosh
bel, noksimon, ichki yopg’ich mushaklar va orqa (tashqi) mushaklarga bo’linadi: dumba-tashqi
yopg’ich mushagi, sonning serbar fassiyasini taranglashtiruvchi mushaklar kiradi.
1.
Yonbosh-bel mushagi (m. iliopsoas) 2 ta yonbosh mushak tolalari va bel mushak
tolalaridan to’zilgan. Birinchi guruh tolalar bel umurtqalaridan, ikkinchisi yonbosh-chanoq
suyagini chanoq yuzasidan boshlanib sonning kichik kostiga birikadi.
Vazifasi:_oyoqlarni_chanoq_son_bo’g’imida_bukadi._2._No’ksimon_mushak'>Vazifasi: oyoqlarni chanoq son bo’g’imida bukadi.
2.
No’ksimon mushak (m. piriormis) Dumgo’za suyagining ichki yuzasidan boshlanib
son suyagining katta kostiga birikadi.
Vazifasi: Qisqarganda sonni tashqariga buradi.
3.
Ichki yopg’ich mushak (
m. Obturatorius iternus) Chanoq suyaklaridagi yopg’ich
teshigining ichki atrofidan boshlanib son suyagining katta kostlariga birikadi.
Vazifasi: Qisqarganda sonni tashqariga buradi.
4.
Katta dumba mushagi (m. Gluteus maximus ) yonbosh va dumgo’za suyaklarining
orqa yuzalaridan boshlanib son suyagining katta dumba g’adir-bo`dirligiga yopishadi.
Vazifasi: Qisqarganda oyoqlarni son bo’g’imida yozadi.
5.
O’rta va kichik dumba mushaklari (m. gluteus mtdius et minimus) yonbosh suyagi
tashqi yuzasidan boshlanib sonni katta kostiga birikadi katta dumba musqo’lining ostida yotadi.
Vazifasi: mushak tolalarining qisqarishi sonni tanadan(abductio) uzoqlashtiradi.
6.
Tashqi yopg’ich mushak (m. Obturatorius externus) chanoq suyagidagi yopg’ich
teshigining tashqi labidan boshlanib son suyagining katta kustiga birikadi.