mushagi oksiml ) qismiga birikadi.
Vazifasi: sonning orqa guruh
mushaklari qisqarishi sonni yozadi
(extensio ) yarim parda va yarim pay mushaklarini ichkariga
buradi
(pronatio ), ikki boshli mushak qisqarishi esa tashqariga
(supinatio ) buradi.
Sonning medial guruxi 3 ta Sonning medial guruhi uchta taro’qsimon, nozik va yaqinlashtiruvchi (uzun, katta va kalta)
mushaklardan iborat. Bu mushaklar qov suyagi va chanoq suyaklarining buto’qlaridan boshlanib
son suyagining orqa yuzasidagi g’adir-budir chiziqa birikadi.
Vazifasi: sonni (abductio) yaqinlashtiradi.
Boldir mushaklari Boldir mushaklari 3 guruhga bo’linadi, jami 9 ta mushakdan iborat. Oldingi guruhda:
1.Oldingi katta boldir mushak (
m. tibialis anterior );
2.Bosh barmoqni yozuvchi uzun mushak (
m. extensor );
3.Barmoqlarni yozuvchi uzun mushaklar (
m. extensor digitorum longus) ; Bu mushaklar
bolder suyagining proksimal uchidan boshlanib oyoq panjasi suyaklariga birikadi.
Vazifasi: oldingi boldir mushagi oyoq panjasini yozib tashqariga buradi (supinatio),
barmoqlarga boradigan ikkita mushak esa bosh barmoq va barmoqlarni yozadi.
Orqa guruhida: 1)
Boldirning uch boshli mushagi (m. triceps surae) ikkita mushakning qo’shilishidan
hosil bo’ladi: biri boldirning ikki qorinchali mushagi (m. castrocnemius) va ikkinchisi
kambalasimon mushak (m. soleus) son suyagini distal uchidan katta boldir suyagining
kambalasimon chizig`idan boshlanadi. Mushak tolalari yuqoridan pastga qarab kuchli mushak
qorinchasini hosil qilib (
Axil ) payga gavdadagi eng mustahkam va kuchli (grek mifologiyasidagi
yengilmas paxlavon ismi bilan bog’liq) payga aylanib tovon suyagining g’adir-budiriga birikadi.