Olimlarning oxirgi ma'lumotlariga ko’ra, sinovial suyuqligi bo’g’imdagi ishkalanish
kuchini kamaytirish bilan birga bo’g’im tog’ayni oziqlantirib
harakatni tormozlaydi va
gidrodinomik rechag hisoblanadi. Bo’g’im bo’shlig’idagi sinovial suyo’qligi bo’g’im kattaligiga
bog’liq bo’lib, uning mikdori 0,1-4,6 ml.ga teng.
Berezkin (1969) gavdaning harakati bo’g’imlar uchun ekanligini tajribada isbotlagan. U
ikki guruh itlarni ko’zatishdan utkazib, birinchi guruh itlarni harakatsiz saqlaydi. Natijada
bo’g’im bo’shlig’idagi suyuqlik ancha kamayadi. Ikkinchi guruhda esa aksincha bu suyuqlik
miqdori 2-3 barovar ko’payganini isbotlagan.
Chepoy (1987) ma'lumotiga ko’ra umurtqa pog’onasi chin 122ta bo’g’im, 26ta
sinxondroz va 365ta boylam hosil qilib birikadi.
Mushak kesilgan paytda qisqarib mushakni qin shaklda o’rab turuvchi yupqa parda
(fassiya)
qin ichiga kiradi, xuddi sincho’q iniga kirganidek, shu bois mushak so’zi (mouse-)
sichqon degan ma'noni anglatadi.
Tanadagi eng mayda suyaklar bir tomchi suv sig’adigan o’rta qulo’qda joylashgan
bolgacha, sandoncha va uzangicha bo’lib, tovush tulqinini ichki qo’loqqa o’tkazish vazifasini
bajaradi.
K. A. Timiryazev "o`simliklar dunyosini bargsiz tasavvur
etib bulmaganligi kabi,
mushaklarsiz tirik jonzotni ham tasavvur etish mumkin emas ".
Odam tanasidagi 600 dan ziyod skelet mushaklari 2xil harakati tufayli chiniqadi va kuch
to’playdi:
A. Dinamik harakatda (yengil atletika, chopish, cho’milish) chiniqadi va elastiklik
xususiyatiga ko’pro’q ega bo’ladi.
B.Statik harakatda (kulturizm, og’ir atletika) kuch tuplaydi,
ammo elastiklik xususiyati
pasayadi.
Mushakning maxsus organoidi miofibrilning qalinligi 1,0-1,5 mkm ga teng, mushak
tolasining qalinligi esa 50-100 mkm ga teng bo’lib, uning uzunligi 50sm gacha yetadi. Mushak
tolalarining yigindisi mushak to’qimasini hosil qiladi.
Tananing eng og`ir mushagi sonning to’rt boshli mushagi bo’lib uning og`irligi 4 kg dan
ortiq. Eng uzun tikuvchilar mushagining uzunligi esa 1 metrga yetib qoladi.
Qalinligi 1 sm ga teng bo’lgan mushak 10 kg yukni ko’tarishi mumkin.
Boldirning 3 mushagi hosil qilgan (AXIL) payining ish kuchi: yurganda 240 kg.ga, statik
ish bajarish jarayonida 470 kg. ga, dinamik harakatda esa 930 kg ga teng.
Mushakning 1mm kub maydonida 1000tagacha kapilyar topilgan,
shundan yuza
mushaklarga qaraganda chuqur mushaklarda 1,5-2 marotaba ko’p kapilyarlar bor.
Fiziolog N.I. Aringinning ta'kidlashicha mushak tolalarining qisqarishi ulardagi qon
tomirlar buylab qonning harakatiga izn beradi, shuningdek yurak ishini yengillashtiradi va
moddalar almashinuvini jadallashtiradi.
Odam tanasidagi skelet mushaklarining qon tomirini sathi 6m kvadratga teng ekan.
V.V.Kobanov fikricha fassiya- bu yumshoq skelet.
I.P.Pirogov fikricha gavdadagi har bir
mushak va uning qon tomirlari, asab tolalarini
alohida o’rab qin hosil qiluvchi yumshoq to’qima fassiya deb nomlangan.
Dostları ilə paylaş: