HARAKAT VA TAYANCH AЪZOLAR TIZIMI Odam tanasini harakatga keltiruvchi a'zolar 2 qismga bo’linadi. Birinchisi faol harakatini
vujudga keltiruvchi mushaklar, ikkinchisi passiv suyaklar va ularni birlashtiruvchi
boylamlardir.Tayanch va harakatlar tizimi odam tanasi ogirligining 72,4%ini tashkil etsa
shundan 1/6 qismi suyaklar va 2/5 qismi esa mushaklardan iborat.
SUYAKLAR HAQIDA UMUMIY MAЪLUMOT (OSTEOLOGIA )
Odam tanasidagi suyaklar majmuasi skeletni tashkil qiladi
skeletos - kuritilgan degan
ma'noni anglatadi, uning ogirligi o’rtacha 5-6 kg, ya'ni tana ogirligining 8-10%ini tashkil qiladi.
Skeletdagi suyaklar soni 200 dan ziyod. Suyak (os- ossis) qattiq va elastik bo’lib, asosan
ikki turdagi moddalardan tashkil topgan. Suyakning 1/3 qismini uning elastikligini ta'minlovchi
organik moddalar, kolgan 2/3 qismini suyakka qattiqlik beradigan anorganik (klsiy tuzlari fosfat
tuzlari) moddalar tashkil qiladi.
Suyakdagi elastiklikni (egiluvchanlikni) ossein moddasi ta'minlasa, mineral tuzlar o’z
navbatida,suyakka qattiqlik (pishiqlik) xususiyatini beradi. Suyaklar mustahkamligi aynan
organik va anorganik moddalarning fiziologik nisbatiga bog’liq va bu nisbat yoshga qarab
o’zgaruvchan bo’ladi. Shu bois yosh organizmdagi suyaklar organik moddalarning (ossein va
mugo’z) ko’pligi tufayli elastik (egiluvchan), kam sinadigan va mustahkam bo’ladi, yosh
ulgaygan sari (xayot davomida iste'mol qilingan mineral tuzlar hisobiga) suyak tarkibidagi tuzlar
nisbati o’zgarishi ko’zatiladi, natijada keksa kishilarda
suyakning elastiklik xususiyati yo’qolib murtlashadi va tez sinadigan bo’lib qoladi.
Organik va anorganik moddalardan tashqari suyak tarikibida D vitamini va kalsiy tuzlari
etishmasligi raxit kasalligi kelib chiqishiga olib keladi. Kasallik oqibatida suyaklarda
mustahkamlik kamayadi, yosh suyakning o’sishi va rivojlanishi ishdan chiqadi, shu bois
suyaklarning xar tomonlama qiyshayish asorati ko’zatiladi. Vitamin A yetishmasligida suyaklar
yo’g’onlashib ichidagi bo’shliq va kanalchalar kengayadi. Ossein, mineral tuzlar va vitaminlar
qo’shilishi natijasida suyak granitdan qattiq, mis va po’latdek mustahkam bo’ladi.
Olimlarning ma'lumotlariga ko’ra vertikal xolatda suyaklar tonnalab yo’q ko’tarishi
mumkin.