Suyaklarning vazifasi. 1-Tayanch vazifasi. Suyaklar organ va to’qimalar uchun ustun hisoblanib, tana ogirligini
ko’taradi, unga shakl berib turadi.
2-Harakat vazifasi. Suyaklar bir-biri bilan bo’g’im hosil qilib boylamlar yordamida
mustahkamlanadi va mushaklar yordamida harakatga keladi.
3-Ximoya vazifasi. Suyaklar va suyaklar majmuasi (ko’krak qafasi, kalla skeleti, umurtqa
pog’onasi) ba'zi a'zalarni tashqi tomondan o’rab turadi, tashqi ta'surotlardan muxofaza qiladi.
4- Depo (zaxira) vazifasi. Suyaklar mineral tuzlarning zaxirasi hisoblanadi: suyak
taribining 70%I mineral birikmalarga to’g’ri keladi.
5- Qon yaratuvchanligi (gemopoez). Bolaning embrional davridan boshlab naysimon
suyaklar bo’shlig’idagi kizil ilik qonning shaklli elementlari (eritrosit, leykosit, trombositlar)ni
hosil qiladi, shu bois
suyak ko’migi qon yaratishning asosiy (markaziy) a'zosi hisoblanadi.
Suyaklarning rivojlanishi. Embrional davrda suyak to’qimasi boshqa to’qimalarga nisbatan kechroq (6-8 haftada)
mezinxema (embrional biriktiruvchi to’qima)dan hosil bo’lishi aniklangan. Aksariyat suyaklar
paydo bo’lishi birlamchi, ya'ni suyakning yosh xujayrasi osteoblastlardan paydo bo’lib, bunday
suyaklanish endesman(en-ichida, desma- aloqa) suyaklanish deyiladi, bunga kalla suyaklari hosil
bo’lishi misol bo’ladi.
Suyakning ikkilamch suyaklanishi esa tog’ay to’qimasida rivojlanayotgan suyak
xujayrasi (yosh ostiosid) paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bunday suyaklanish perixondrial (peri-old,
atrof chondro- tog’ay) suyaklanish deyiladi.
Agar tog’ay to’qimasini ichidan suyaklanish no’qtasi paydo bo’lsa endoxondrial (endo-
ichi, chondro- tog’ay) suyaklanish deyiladi.
Suyaklar arxitektonikasi.
Tana skeleti suyaklarning joylashishiga qarab quyidagicha bo’linadi: