Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Umurtqa pog’onasining 
birikishi.
Umurtqa tanalari tog’aysimon likopchalar yordamida o’zaro birlashadi, likopchalarning 
qalinligi bo’yin sohasida 0,5-0,6 smga, bel sohasida 1,2-1,3 smga teng bo’lib, xalqa shaklidagi 
elastik tog’aydan to’zilgan. Umurtqa tanalarining oldingi (ichki a'zolarga qaragan) va orqa 
(umurtqa kanaliga qaragan) yuzalarida joylashgan oldingi va orqa buylama boylam umurtqa 
pog’onasining barcha umurtqalarini birlashtirib turadi va uni mustahkamlaydi.Umurtqa yoylari 
oraligida sariq boylam tortilgan. Umurtqalar yuqori va pastki bo’g’im o’simtalari birikishi 
natijasida shakli yassi bo’g’im hosil bo’ladi.
Umurtqalar bir-biri bilan pishik ko’ndalang va o’tkir o’simtalararo boylamlar yordamida 
mustahkamlangan. Bo’yin umurtqalarining o’tkir o’simtalari uchlaridan ensa suyagining tashqi 
yuzasiga qarab yonalgan mustahkam gardan boylami bo’yin umurtqalarini ensa suyagi bilan 
birlashtirib turadi. Birinchi bo’yin umurtqasi ensa suyagidagi bo’g’im yuzasi bilan birikib 
hamkor ensa bo’g’imini hosil qiladi, bu bo’g’imlar kalta boylamlar bilan mustahkamlangan.
Umurtqa pog’onasining muhimligi uning kanalida joylashgan orqa miya va 
umurtqalararo teshikdan chiqadigan 31 juft asab tolalari bilan bog’liq.Yangi tug’ilgan 
chaqaloqning umurtqa pog’onasi turli shaklda ya'ni egriliklarsiz bo’ladi.
Katta yoshdagi odamlarda esa umurtqa pog’onasi «

shaklida bo’lib fiziologik 
egriliklardan tashkil topgan. Chakoloq 2-3 oyligida boshini tuta boshlashi va 5-6 oyda utira 
boshlashi bilan umurtqa pog’onasining orqaga qaragan egriligi shakllanadi, 1-2 yoshida oyoqka 


turishi va yurishi bilan bog’liq harakatlarda belning oldingan qaragan egriliklari paydo bo’ladi. 
Umurtqa pog’onasining oldinga qaragan egriligi lordoz, orqaga qaragan egriligi kifoz deb 
ataladi. Bu egriliklar umurtqaning bo’yin va bel sohalarida bo’lishi fiziologik xolat hisoblanadi. 
Shu egriliklar tufayli umurtqa pog’onasida o’ziga xos amortizatorlik xususiyati yuzaga keladi: 
odam yurganda, yugurganda va sakrashda yengillik yaratiladi, yiqilib urilganda esa zarba 
kuchsizlanadi. Umurtqa pog’onasining yon tomonga bo’qilishi esa patalogik qiyshayish-skalioz 
deyiladi va bu xolat ba'zi kasalliklarning belgisi sifatida yuzaga keladi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin