Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Bilak-kaft usti bo’g’imi
(
art. cubiti)
- bilak suyagining distal uchi keng bo’lib, kaft usti 
suyagining birinchi qatoridagi (nuxatsimon suyakdan tashqari) uchta suyaklar bilan birikib 
shaklan tuxumsimon 
bo’g’im hosil qiladi.
Kaft suyaklari asos qismi kaft usti suyaklarining distal qatoridagi suyaklar bilan kaft - 
kaft usti bo’g’imini hosil qiladi. 
Bosh barmoqka talo’qli kafi suyagi kaft usti suyagi bilan shakli egarsimon bo’lgan bo’g’im hosil 
qiladi. Bu bo’g’im ikki o’qli bo’g’im hisoblanib, unda buqish, yozish va yaqinlashtirish, 


uzoqlashtirish harakatlari bajariladi. Kaft suyaklari boshchasi (
distal uchi
) qo’l barmoqlarining 
birinchi qator suyaklari bilan sharsimon va qo’lning barmoq suyaklari bir-biri bilan g’altaksimon 
shakldagi bo’g’imlarni hosil qiladi. 
Oyoq skeleti 
(Skeleton membri inferioris). 
Chanoq yoqi oyoq kamari suyaklari (Singuli membri inferioris). Chanoq suyagi (os 
coxae) yassi nomsiz bir juft bo’lib, dumg’aza suyagi bilan qo’shilib yaxlit chanoqni hosil qiladi. 
Nomsiz suyak alohida 3ta suyaklar yig’indisidan tashkil topgan. Bular: qov suyagi (os pubis), 
o’tirg’ich suyagi (os ischi), yonbosh suyagi (os ileum) shu 3ta suyaklar 14-16 yoshgacha alohida 
tog’ay vositasida birlashadi, keyinchalik chanoq suyagi murakkab yaxlit nomsiz suyakni hosil 
qiladi.
Yuqorida nomi zikr qilingan uchta suyaklarning tanalari birlashuvidan sirka kosasi hosil 
bo’ladi. Yonbosh suyagi sirka kosasiga nisbatan yuqorida joylashgandir. Uning tanasi va undan 
ajralgan kanotlarning ichki yuzasi sillik kurinishda bo’lib, unga chanoq a'zolari tegib turadi. 
Tashqi yuzasi nisbatan notekis bo’lib, mushak va paylar birikadigan chiziqlari bor. Yonbosh 
suyagi yuqori chetlarining oldingi va orqa qirralari notekis bo’lib, ichki va tashqi lablar va oralik 
chiziq bor, ular qorin mushaklarining birikishiga moslashadi. 
Qov suyagining sirka kosasiga nisbatan oldinga joylashgan, uning tanasidan ajralgan 
hosila yuqoriga shox bo’lib davom etadi, qov yarim bo’g’in (
simfiz
) ni hosil qiladi, pastki butogi 
esa o’tirg’ich suyagining 
butogiga birikib chanoqning yopg’ich teshigini hosil qiladi. Qov suyagining yuqori butogidan 
yonbosh suyagining yoysimon chizigi bilan davom etib, dumg’aza burni orqali utkazilgan chiziq 
kichik va katta chanoq bo’shlig’i chegarasi (
linea terminalis
) hosil qiladi. 
O’tirg’ich suyagi sirka kosasiga, nisbatan pastda joylashgan bo’lib, uning tanasidan 
ajraladigan o’tirg’ich butogi bilan kushiladi, pastga qarab gadir - budir do’mboqni hosil qiladi.
Chanoqning orqa tomonidao’tirg’ich qirrasi bo’lib, katta va kichik o’tirg’ich uymlari 
hosil bo’ladi. Yuqorida zikr etilgan o’tirg’ich do’mbogi va dum umurtqalarining oraligi kichik 
chanoq bo’shlig’ining pastki teshigi sohasini tashkil etadi.
Chanoq birlashmasi, yonbosh va dumg’aza suyaklarining quloqsimon yuzalari qo’shilib 
shaklan yassi yonbosh dumg’aza bo’g’imini hosil qiladi.
Bu kamharakat bo’g’im shu nomli oldingi, orqa va oralik boylamlar bilan 
mustahkamlanadi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin