Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika


Oyoqlarning erkin qismi suyaklari



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Oyoqlarning erkin qismi suyaklari 
(Cingulum membri iferioria liberi). 
 
Oyoqlarning erqin suyaklarini son suyagi (os femor), tizza qopqog’i (os patella), boldir 
suyaklari (ossa cruris): kichik boldir (os fibula) va katta boldir (os tibia) tashkil qiladi.
Oyoq pajasi (ossa pedis) xuddi qo’l panjasi suyaklari kabi 3 qismga bo’linadi:
1) Oyoq kaft usti suyaklari 7ta suyakdan iborat 
(ossa tarsi)
bular tovon, oshiq, kubsimon, 
kayiksimon va 3ta ponasimon lateral, medial va oralik suyaklardan tashkil topgan. 
2) Oyoq kaft suyaklari 
(ossa metatarsi)
5ta kalta naysimon suyaklardan iborat. 
3) Oyoq suyagi barmoqlari 
(digitorum falangis ossa pedici)
3 qator kalta naysimon 
suyaklardan: proqsimal qatorda 5ta suyak, medial qatorda 4ta suyak (bosh barmoqni medial 
falangasi yo’q), distal qator esa 5ta tirnoq falangalaridan tashkil topgan. 
Son suyagi
(
os femor
). Son suyagi naysimon suyaklar ichida eng katta va eng uzuni 
bo’lib, yuqori (proqsimal) uchida sharsimon boshi va ingichkalashgan burchak ostida buyni, 
pastroqda kichik va katta kustlar, 
kostlararo chiziq va kostlararo qirra joylashgan.
Son suyagining tashqi va yon tomonida dumba mushagi birikadigan g’adir budirlik bor. 
Son suyagining tanasi old yuzasi sillik va muncha qabariq, orqa yuzasi botik va notekis bo’lib 


ikkita labga o’xshash gadir budir chiziq suyakning butun uzunligi buylab joylashgan. Bu son 
mushaklari birikishi uchun moslashgan.
Son suyagining pastki uchiga qarab ikkiga ajralishi bilan takim osti bo’lgan bo’g’im 
bo’g’im maydoni hosil qiladi. Son suyagining pastki yugonlashgan uchi katta boldir suyagining 
yuqorigi uchi bilan bo’g’im hosil qiladi Suyakning ikki yon dungligiga son mushaklari birikadi. 
Tizza qopqog’i
(
patella).
Tizza qopqog’i sonning to’rt boshli mushagining payi oraligida 
joylashgan bo’lib, tizza tizza bo’g’imini tashqi taassurotlardan himoya qiladi. Shakli yassi va
yapaloq, suyaklar 
ichida eng katta sesamasion suyak hisoblanadi (suyak pardasi yo’q). Suyakning ichki yuzasi 
sillik tizza bo’g’imini yuzasini hosil qilishda ishtiroq etib, tashqi yuzasi nisbatan notekis va 
gadir-budir. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin