Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika


Boylamlari: barmoqlardagi bo’g’imlarning har biri lateral va medial yonlanma boylamlar bilan  mustahkamlangan.  Bosh skeleti



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Boylamlari:
barmoqlardagi bo’g’imlarning har biri lateral va medial yonlanma boylamlar bilan 
mustahkamlangan. 
Bosh skeleti 
(cranium) 
Bosh skeleti 23ta suyaklarning o’zaro birlashishidan tashkil topgan, uning sathi notekis. 
Qosh ravoqlari, tashqi eshituv do’mbog’i orqali o’tgan chiziq kalla skeletini yuz va bosh 
qismlariga ajratadi.
Bosh skeletining miya qismi jami 8ta: peshona, ensa, ponasion, g’alvirsimon va ikkitadan 
tepa hamda chakka suyaklari yig’indisidan iborat. Odamda miyaning takomillashuvi tufayli bosh 
skeletining miya qismi yuz qismiga nisbatan kattaroq bo’ladi.
Ensa suyagi
(os occipitale).
Ensa suyak kalla suyagining orqa tomonida pastda 
joylashgan palla shaklidagi 3 qismdan iborat suyakdir:
 
1.Asosi (tanasi) miya qopqog`ining tubini hosil qilib, ponasimon suyakning tanasi bilan 
birlashadi. Uning ichki yuzasi silliq ko’rinishda bo’lib, pastga tomon nishabni hosil qiladi va 
unda uzunchok miya joylashadi. Tashqi yuzasi notekis bo’lib halqumning yuqori devoriga 
to’g’ri keladi. Shu bois suyakning aynan shu joyida yutqun tepachasi tafovut etiladi. 
2.Yon qismi ensa suyagining asos hamda palla qismlarini birlashtirib turadi. Suyakning 
ikki yon tomonida bo’yinturuq o’ymasi bor. Yon qismning ichki yuzasida sigmasimon sinus 
egati, tashqi yuzasida esa ellipsimon shakldagi bo’g’im do’mboqchasi bo’lib, bo’yinning birinchi 
umurtqasi (atlant) bilan bo’g’im hosil qilib birikadi. 
3.Ensa suyagining palla qismi tashqi yuzasi qavariq notekis ko’rinishda, uning markazida 
ensa do’mbog’i, do’mboqning ikkala yon tomonida chiziqlar bo’lib bo’yinni bosh bilan 
birlashtirib mustahkamlaydigan mushaklar va boylamlar birikishi uchun mo’ljallangan. Pallaning 
ichki yuzasi botiq, markazidagi xochsimon tepalik uning ichki sathini to’rtta chuqurchaga bo’lib 
turadi. Suyakning xochsimon tepaligi bosh miyaning qattiq pardasi ishtiroki bilan venoz qon 
yig`iladigan bo’shliqlarni ya'ni sinuslarni hosil qiladi. Palla qismining ikkita yuqoridagi 
chuqurchasida bosh miyaning ensa qismi, pastki ikkita chuqurchasida esa bir juft miyacha 
joylashadi.
Ensa suyagining chetlari notekis bo’lib choklar yordamida chakka va tepa suyaklariga 
birlashib kalla qopqog’ini hosil qilishda ishtirok etadi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin