Yangi tug’ilgan chaqaloqning kalla skleti. Yangi tug’ulgan bolaning kalla skeleti yuz qismi suyaklari bosh qismiga qaraganda
kichikroq bo’ladi. Xayot davomida og’iz va burun bo’shlig’ining rivojlanib takomil etishi bu
farqni o’zgartiradi.
Yangi tugulgan chakaloq kalla skeletining o’ziga xosligi unda bir qancha liqildoqlar
mavjudligi bilan bog’liq. Liqildoqlar kalla skeletining suyaksiz pardali qismi bo’lib ular
quyidagilar
1.Oldingi yoqi rombsimon likildoq, eng katta likildoq bo’lib uning kattaligi 2,5-3,5 sm ga
teng, u peshona va tepa suyaklarining oralig’ida joylashgan. Odatda bu liqildoq bolaning 1,5
yoshga borib bitib ketadi.
2.Orqa yoqi uchburchak shakldagi liqildoq ensa va tepa suyaklari oralig’ida hosil bo’lib
birmuncha kichik bo’ladi, u bolaning 3 oylik davrida bitadi.
3.Yon liqildoqlar ikki juft bo’lib birinchisi peshona, tepa, chakka va ponasimon
suyaklarning katta qanotlari oraliqlarida hosil bo’ladi. Ikkinchisi chakka suyagining
so’rg’ichsimon o’simtasi bilan ensa va tepa suyaklari birlashmasidan hosil bo’ladi. Bular eng
kichik liqildoqlar bo’lib chaqaloqning 2-3 oylik davrigacha suyaklanib ketadi.
Yangi tug’ulgan chaqaloqning kalla suyaklari alohida-alohida tog’ay plastinkalar
vositasida birlashgan suyaklar yig’indisidan iborat bo’lib, chaynash, nafas olish xususiyatlari
to’la takomil etmagan va tish alveolalarining kataklari yetilmagan bo’ladi.
MUShAKLAR (MYOLOGIA). Mushaklar haqida umumiy ma'lumot.
Harakat a'zolari tizimining faol qismi bo’lgan mushaklar tolalarining qisqarishi hisobiga
tanani harakatga keltiradi.
Mushak-
musculus , lotincha
mus -
sichqon degan ma'noni anglatadi, asosiy tarkibiy qismi
bir-biriga parallel yonalgan mushak tolalarining tutamlaridan tuzilgan. Tuzulishi va vazifalariga
ko’ra barcha mushaklar uch turga bo’linadi:
1.Odam ixtyoriga buysunib qisqaradigan ko’ndalang - targ’il (skelet) mushaklar
jumlasiga kirib, qorin, bo’yin, bosh, qo’l va oyoq mushaklari misol bo’la oladi.
2.Odam ixtiyoriga buysunmay qisqaradigan silliq mushaklarga oshqazon, ichak va qon-
tomirlari devorlaridagi mushaklar misol bo’la oladi.
3.Yurak mushaklari tuzilishi jixatidan ko’ndalang - targ’il mushak tolalaridan iborat
bo’lib, vazifasiga ko’ra odam ixtiyoriga bo’ysunmay qisqaruvchi o’ziga xos mushak tolalaridan
tuzilgan. Mushaklar bir-biriga bo’g’imli, ikki bo’g’imli va ko’p bo’g’imli bo’lishi mumqin. Agar
mushak bir bo’g’im ustidan o’tsa ikki bo’g’imli deyiladi.
Odam skeletini o’rab turuvchi 600 dan ortiq mushaklar tana og’irligining 2/5 qismini
egallaydi, aniqrog’i o’rta yashar odamda tana og’irlig’ining 40% ini, qariyalarda 30% ini, yosh
bolalarda esa 25% ini mushaklar tashkil etadi.