Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Mushaklarning tuzilishi. 


Skelet mushaklari ko’ndalang targ’il mushak tolalarining yig’indisidan tuzilgan, ular 
qisqarish qobiliyatiga ega. 
Aksariyat mushaklarda qisqaruvchi qismi (tanasi) va ikki uchi (paylar) bor. Tanadagi 
mushak qismining har-bir tolasi yupqa nozik biriktiruvchi to’qima bilan qoplangan bo’lib, 
endomysium
deyiladi. Mushak tolalarining tutamini o’rab turuvchi parda esa 
perimysium 
deyiladi. Har bir mushakni o’rab turuvchi mustahkam biriktiruvchi to’qima pardasi epimysium 
yoki 
fassiya
deyiladi. 
Fassiya bir mushakni ikkinchisidan, ba'zida bir gurux mushakni ikkinchi gurux 
mushaklardan ajratib turadi, shu bois bir mushak yoki mushaklar guruxi qisqarishiga imkon 
beradi. 
Yuqorida zikr etilgan biriktiruvchi to’qima pardalari (endomysium, perimysium va 
epimysium) bir-biriga bog’liq holda mushak qinini hosil qiladi va mushaklar qisqarmaydigan 
pay qismni hosil qiladi va tugaydi. 
Ba'zi mushaklarda pay qismi serbar bo’lib, (masalan qorinning qiyshiq mushagi yoki 
boshdagi peshona, ensa mushaklarida) 
aponevroz 
deb ataladi. 
Mushaklar fiziologiyasi o’rganish uchun mushakdagi ikki uchining suyaklariga birikishini 
o’zlashtirish lozim. Birinchi nuqtaga boshlang’ich yoki tanaga yaqin qismi bo’lib, harakatsiz 
yoki kamharakat uchi deb ataladi, ikkinchi nuqta oxirgi yoqi tanadan uzoqdagi pay uchi bo’lib, 
harakatchan qismi hisoblanadi. 
Mushaklar bajarayotgan ishiga qarab, 2 guruxga bo’linadi: 
1.Antogonist (zid) mushaklar. Bunday mushaklar bir sohada joylashib bir- biriga qarama 
-qarshi ish bajaradigan mushaklardir. 
2.Sinergist (hamkor) mushaklar bir sohada joylashib bir-birga yordam berib, qisqaradigan 
mushaklar guruxini hosil qiladi. 
Gavdaning harakati mushaklarning joylashishi va bajaradigan ishiga bog’liq bo’ladi. 
Mushaklar bajaradigan vazifasi jihatidan bukuvchilar, yozuvchilar, yaqinlashtirish va 
uzoqlashtiruvchi mushaklaga bo’linadi. Mushaklardagi ana shu xususiyatlar borligi tufayli odam 
yugurish, yurish, o’tirish, turish va hokazo vazifalarni ongli ravishda sodir etadi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin