Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

 Qov birlashmasi
(simfiz)
ikkita qov suyaklarining yarim bo’g’im xolida birikishidan 
hosil bo’lgan. Aynan bo’g’im kapsulasi yo’qligi tufayli bu bo’g’im kamharakat yarim bo’g’im 
hisoblanadi, yuqorigi va pastk boylamlar bilan mustahkamlanadi Qov suyaklarining birlashmasi 
odamning 35-40 yoshlarida suyaklanish munosabatlari bilan shu yoshdagi ayollarda farzand 
tug’ish kiyinlashadi. 
Yaxlit chanoq skeleti 
(Ossa Pelvis) 
Yaxlit chanoq nomsiz suyak, dumg’aza va dum suyaklarining birlashishidan hosil bo’lib, 
unda chanoq a'zolari (siydik, tanosil va xazm kilish tizimidan to’g’ri ichak) joylashgan bo’lib, 
ularning topografik anatomiyasini bilish tibbiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Kichik chanoq 
bo’shlig’i yumshoq to’qimalar bilan birgalikda ayollarda tug’ruq kanali vazifasini utaydi.


Ayollar chanogi kattaligi va shakliga ko’ra erkak chanogidan farq qiladi. Ayollar chanogi 
keng va kalta, yonbosh va dumg’aza suyaklari yalpoq bo’lib, suyaklari nisbatan nozikdir. Uning 
bo’shlig’i xomila utishi uchun moslashgan. Akusherlik amaliyotda ayollar chanogining 
o’lchamlarini mo’qammal bilish muhim ahamiyatga ega. 
Katta chanoq o’lchamlari

1. Yonbosh suyagining oldingi yuqoridagi usiklar orasidagi masofa 
(distantia spinarum)
25-26 smga teng. 
2. Yonbosh suyagi qirralarining eng o’zoq no’qtalari orasidagi (qanotlararo) masofa 
(distantia cristarum)
28-29 sm. 
3. Son suyagi kustlari orasidagi masofa (distantia trochanterica) 30-31 sm 
4. Qov birlashmasining tashqi yuzasidan dumg’aza burnining tashqi yuzasigacha bo’lgan 
masofa – tashqi qonyugata 
(canjgata externa)
21 smga teng. Bu ulcham anatomik qonyugata deb 
ham yuritiladi. 
Kichik chanoq o’lchamlari

1.Dumg’aza burni bilan simfizning ichki yuzasi orasidagi ulchamchin qonyugata 
(
cojugata interna) 
11 smga teng. Bu ulcham akusherlik qonyugatasi deb ham yurtiladi. 
2.Kichik chanoqka kirish tekisligining o’lchami 12 smga teng. 
3.Kichik chanoqka kirish tekisligining ung va chap qiyshiq o’lchamlari 12,5smga teng. 
4.Simfiz ravogining pastki qirrasidan dumg’aza burnigacha bo’lgan masofa 
(cojugata 
diagonalis
) 13 smdan kam bulmasligi kerak. 
5.Chanoqning chikish teshigining to’g’ri o’lchami simfiz ravogi pastki burchagidan dum 
umurtqasigacha bo’lgan masofa 9,5 smga teng bo’lib, bola tugilayotgan vaqtda dum suyagining 
dumg’aza –dum birlashmasida orqaga surilishi hisobiga bu ulcham 1,5 smga kengayishi 
mumkin. Ayollar chanoqlarining o’lchamlari erkaklar chanogiga nisbatan 1,2-2,5 smga katta 
bo’ladi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin