Kariesning eng dastlabki belgisi – oq karioz dog’dir. Uni ko’rish uchun tish karashini tish tozalagich bilan olib tashlash kerak.
Yuqori qoziq va premolyar tishning lunj yuzasidagi oq karies dog’.
Okklyuzion yuzadagi dog’, shuningdek tishning lunj yoki til yuzasida ham bo’lishi mumkin . Jarayonning faollashuvi vaqtida dog’ yuzasi xira va chetlari notekis shaklda bo’lib, uning yuzasiga stomatologik zond ilinmaydi
Stabilizatsiya jarayoni
Stabilizatsiya jarayonidagi karioz dog’ yaltiroq yuzaga ega bo’ladi va og’iz bo’shlig’iga tashqaridan tushuvchi bo’yoqlar natijasida jigarrang tusda bo’lishi mumkin. Zararlanishlarning bu turini stomatologik zond orqali aniqlab yoki tasdiqlab bo’lmaydi, chunki xali bo’shliq hosil bo’lib ulgurmagan.
Ovqatlanish odatini o’zgartirish, ftor saqlovchi tish pastalarini ishlatish, og’iz bo’shlig’i gigienasi kabi odiy profilaktik muolajalar orqali karies rivojlanishining oldini olish mumkinligini tushunib etish alohida ahamiyatga egadir. Shu sabab tufayli ham stomatologlar zimmasida og’iz bo’shlig’ining professional gigienasidan so’ng tish yuzalarini ko’zdan kechirish vaqtida kariesning boshlang’ich shakllarini aniqlash vazifasi turadi. Shifokor bemorga karies jarayonini oldini olishga yordam berishi mumkin. Undan tashqari stabilizatsiyalangan holatdagi oq karioz dog’ning kislotalar ta’siriga chidamliligi intakt emalnikiga qaraganda yuqoriroq. Stabilizatsiyalangan karies davridagi dog’ invaziv davolanishni talab etmasligi ham mumkin.

Pastki birinchi molyarning stabilizatsiyalangan karioz zaralanishi. Ushbu zararlanish bir necha yil oldin shakillana boshlagan.
Polyarizatsiyalangan yorug’likda karioz dog’ini tekshirish.
a- oq karioz dog‘li tishning silliq yuzasining buylama kesmasi, suvga tushirilgan va polyarizatsiyalangan yoruglikda tekshirilgan. Zararlanish o‘chog‘i konus shakliga ega. Zararlanish tanasi (V) intakt yuza zonasi (SZ) bilan bir qatorda joylashgan.
B-aynan shu kesmaning o‘zi faqat bu safar xinolinga solingan. To‘k zona (DZ) zaralanish o‘chog‘i atrofida joylashgan. Zaralanish tanasi (V) endi yarim shaffof ko‘rinishga ega.
Kesma suvga tushirilib, polyarizatsiyalangan yoruglik ostida ko’rilmokda. Zararlanish o’chog’ining asosiy qismi to’q qism, yaxshi mineralizatsiyalangan yuzaki qavat ichida chuqur joylashgan qism sifatida ko’rinmoqda. Zararlanish o’chog’i g’ovaksimon va bu zonada suv bo’lsa g’ovak hajmi umumiy maydonning 5% dan ko’p qismini tashkil etadi. Yuza qavatning demineralizatsiyasi faqatgina 1% ni tashkil etmoqda.
Emalda katta va kichik g’ovaklar mavjud, xinolin molekulalari ancha katta bo’lgani uchun havo bilan to’lgan kichik g’ovaklarga kira olmaydi, va polyarizatsiyalangan yorug’likda to’q zonalar holatida ajralib turadi. Suvda to’q rangda kurinayotgan Zararlanish tanasi endi yarim shaffof holga o’tdi, chunki, nur sindirish koeffitsenti tish emalining nur sindirish koeffitsentiga yaqin bo’lgan xinolin g’ovaklarni to’ldirdi.
Foydalanilgan adabiyotlar