KLINIK RESTAVRATSION STOMATOLOGIYA
TEST
1. Kimyoviy (sovuq) usul bilan quyidagi keltirilgan qaysi asboblar sterilizatsiyalanadi?
A) Pinset, shpatel (plastmassa)
B) Gladilka, ekskavator
C) Oyna, shpatel (plastmassa)
D)
Stomatologik zond, pinset
2. …. U bemorga davolanish jarayonida qulay holatni taqdim etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning konstruksiyasida insonning barcha anatomo-fiziologik holatlari, bemorning ratsional joylashishi hisobga olingan?
A)
Stomatologik kreslo
B) Fiksator
C) Stomatolog shifokoming asbob stoli
D) Vitulka
3.To’g’ri fikrlar belgilang?
1) Xonadagi yorug‘lik tibbiy xodimlarning ko‘z analizatoriga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak
2) Umumiy yorug‘lik manbalari
maxsus reflektorlardan, tibbiy hamshira ish stoli uchun qo‘shimcha chiroqlardan foydalaniladi.
3) Zaharli dori vositalari «A» markeri ostida metall yoki yog'ochli javonda saqlanadi
4) Turbinali dastak, asosan, yuqori jag’
tishlari bilan ishlaganda, ba’zan esa pastki tishlarni charxlash uchun ham ishlatiladi
A) 1,3
B) 2,4
C) 1,4
D) 2,3
4. Ko’ruv tekshirish usullar orqali o’rganiladigan jarayonlarni aniqlang?
A) Obyektiv tekshiruvning asosiy qismi hisoblanadi. Yoritish asboblari yordamida ko’zdan kechirish maqsadga muvofiqdir.
B) Tekshirishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Nafaqat kasallik kelib chiqishini,
shikoyatlarini aniqlaydi, balki kasallikning kechishiga va davolashning borishiga baho beradi.
C) Pinset yoki zondning bandi yordamida tishning kesuv yuzasiga yoki chaynov yuzasiga urib ko‘rish bilan amalga oshiriladi.
D) Karioz bo‘shlig‘i bo’lganda bo‘shliq devori va tubining og’riqliligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Burchakli zond bilan aniqlanadi.
5. Qaysi usul bevosita asboblar bilan tishlar va shilliq qavatni kattalashtirib va shu xususiyati bilan ozgina o‘zgarishlarni ham aniqlash imkonini beruvchi usul hisoblanadi?
A) Ortopantomograftya B) Radioviziografiya
C) Stomatoskopiya D) Polyarografiya
6. Quyida keltirilgan usulga xos noto’g’ri ma’lumotlar soni nechta?
1) Tishlaming qimirlash darajasini pinset yordamida qimirlatib aniqlanadi.
2) Tish, odatda, fiziologik
qimirlashga ega emas, lekin bu unchalik sezilarli bo'lmaydi
3) Patologik hollarda periodont to‘qimasi buzilishi bilan tish qimirlash kuzatiladi.
4) 1-darajali qimirlashda yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha 1 mm dan ko‘proq, shuningdek, tanglay-distal yo‘nalishida qimirlash ham paydo bo'ladi.
5) 3-darajada tish hamma yo‘nalishlar bo‘yicha qimirlaydi, tish yo‘q bo‘lgan tish tomonga ham engashishi mumkin.
A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) hammasi to’g’ri
7. Tishni to’qillatish periodont holatini bilish uchun qo‘llaniladigan usulga xos bo’lgan ma’lumot?
A) Pinset yoki zondning bandi yordamida tishning faqat kesuv yuzasiga urib ko‘rish bilan amalga oshiriladi.
B) Odatda, bu usul sog‘lom
tishdan boshlanadi
C) Gorizontal (tish o‘qi bilan urib ko‘rish bir chiziqda)
D) To‘qima va hujayralarning ultrabinafsha nurlar ta’siri ostida o‘z tabiiy rangini 0‘zgartirishiga asoslangan.
8. Blek tasnifi bo’yicha II sinf karies kovagiga mansub?
A) Molyarlarning kontakt yuzasi
B) Qoziq tishlarning kontakt yuzasi
C)
Molyarlarning lunj yuzasi
D) Kurak tishlarning o’rta yuzasi
Tuzuvchi: Shamsiddinov Jalol
Savol
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
Javob
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Natija
|
|
|
|
|
|
|
|
|
FISH______________________________________