kechirilganda, sirtki yuzasi suyak usti pardasi (periosteum) bilan qoplangan, u ikki kavatdan
iborat. Tashqi kavati yupqa, pishik fibrioz tolalaridan
tashkil topgan, uning ichki qavatidagi osteogen xujayralari suyakning eniga o’sishiga imqon
beradi.Suyak pardasidagi teshiklar esa qon tomirlar va asab tolalari o’tadigan oziqlantiruvchi
teshik bo’lib
xizmat qiladi
Suyakning ichki tuzilishi 2 xil moddadan hosil bo’lgan.
Tashqi tomoni zich ya'ni, qattiq (substantia compacta) moddadan to’zilgan bo’lib suyak pardasi
bilan bevosita birikadi, g’ovak modda (sustantia spangiosa) suyakning ichki tomonida
joylashgan bo’lib
mayda-mayda turga o’xshash katakchalar hosil qilib suyak ko’migiga davom etadi. Unda qizil va
sariq ilik hamda qon tomirlar talaygina bo’lib, suyak nayi (kanali)ga ochiladi.Kalla skeletidagi
ba'zi suyaklar tanasida bo’shliqlar borligi bilan boshqa suyaklardan farq qiladi
va xavo saqlovchi (pnevmosteum) suyaklar deb ataladi. Bunday suyaklarga peshona, ponasimon
(asos),g’alvirsimon va yuqori jag’ suyaklari kiradi, bo’shliqlar ko’z kosasi va burun bo’shlig’i
atrofida
joylashgan bo’lib o’ziga xos funksional xususiyat kasb etadi, ya'ni so’zlashganda tovushni
jarangdorligini hamda kalla skeleti yengilligini ta'minlaydi. Chakaloqlarda bu bo’shliqlar
shakllanmagan bo’ladi.
Katta yoshdagilarda bu bo’shliqlarda yiring yoqi qon tuplangan xollarida tovush jarangdorligi
bo’ziladi va boshqa asoratlarga olib kelishi mumqin. Shuning uchun bu xastalikni faqatgina
jarroxlik usulida davolashga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: