1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida
tushuncha
Tashqi iqtisodiy aloqa - bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, iqtisodiy naf
ko’rish maqsadida olib boriladi. Bu munosabatlar quyidagi shakllarda bo’ladi:
xalqaro savdo-sotiq;
ishlab chiqarish kooperatsiyasi;
kapital migratsiyasi;
ishchi kuchi migratsiyasi;
o’zaro to’lovlar va hisob valyuta operatsiyalari va boshqalar.
Savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinda turadi va bu jahon bozorida o’z
ifodasini topadi.
Bugungi kunda jahon savdosiga faqatgina yuqori o’sish sur’atlarigina emas, balki tarmoq va
hududiy
tuzilishidagi o’zgarishlar ham xosdir. Bu o’zgarishlarni ikkita holat bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, xalqaro savdo tarkibida xom ashyo, yonilg’i, oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi
kamaymoqda. Ilm talab sohalarining mahsulotlari va xizmatlarining hissasi esa ortib bormoqda.
Ikkinchidan, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi o’rinlar nisbati o’zgarmoqda. Jahon yalpi
eksportida AQSh hissasining pasayishi va aksincha, Yaponiya, Germaniya, yangi industrial davlatlar
hamda ayrim rivojlanayotgan davlatlar hissalarining ortib borishida namoyon bo’lmoqda.