Agar eksport importdan ko’p bo’lsa, u
holda tashqi savdo
qoldig’i musbat, aksincha, ya’ni
eksport importdan kam
bo’lsa, u holda savdo qoldig’i manfiy bo’ladi. Keyingi holat
tashqi
balansining defitsitli, ya’ni taqchilli balans ekanligidan
dalolat beradi.
Eksport va import o’rtasidagi nisbatlarni turli
yondashuvlarda statistik tahlil qilish maqsadida
quyidagi
ko’rsatkichlar hisoblanadi (2-jadval).
EE>1 va JE >JYaIM bo’lishi mazkur mamlakatda
tovarlar eksportining
ularni ishlab chiqarishga
nisbatan tezroq o’sganligidan dalolat beradi. Bu
albatta ijobiy hol.
EI>1 va JI>JYaIM bo’lishini esa har doim ham ma’qul
deb bo’lmaydi. Chunki mamlakat o’z ehtiyojini
qondirish uchun o’zida ishlab chiqarishdan ko’ra
tovarlarni chetdan olib
kelishiga harakat qilgan
bo’ladi.