217
guruhda (jamoada) o‘zlarini erkin tuta olmaydi, vaqtni yolg‘iz o‘tkazishni afzal
ko‘radi, o‘zlarini tanishuvlarini chegaralab qo‘yadi, odamlar bilan muloqot
o‘rnatishga va auditoriya
oldida gapirishga qiynaladi, o‘z fikrini himoya qila
olmaydi, ko‘p ishlarda mustaqil qaror qabul qilishda o‘zlarini chetga tortishni
afzal ko‘radi.
3-baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik
qobiliyatlari o‘rta darajalik deb hisoblanadi.
Ular odamlar bilan muloqot
o‘rnatishga intiladi, o‘zlarini tanishuvlarini chegaralamaydi, o‘z fikrini himoya qila
oladi, ishlarini rejalaydi, lekin qobiliyatlarini yuqori turg‘unlik bilan ta’riflab
rivojlantirish uchun katta va jiddiy tarbiyaviy ishlar olib borish kerak.
4 -baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari
yuqori darajalik deb hisoblanadi. Ular yangi vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaydi,
do‘stlarni tez topadi, tanishuvlar darajasini har doim
kengaytirishga intilishadi,
jamoat ishlari bilan shug‘ullanadi, yaqinlari va do‘stlariga yordam beradi, jamoat
tadbirlarini tashkil qilishga qatnashadi, og‘ir vaziyatda mustaqil qarorlar qabul qila
oladi.
5 -baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari
juda ham yuqori darajali deb hisoblanadi. Ular muloqot va tashkiliy faoliyatga
katta ehtiyoj his etishadi,
shunga faol intilishadi, og‘ir vaziyatlarda tez yo‘l topa
olishadi. Yangi jamoada o‘zini erkin tutishadi, tashabbuskor, muhim ishda yoki
murakkab vaziyatda mustaqil qaror qabul qilishni afzal ko‘radi, o‘z fikrini himoya
qila
olishadi, do‘stlari ularning fikrlari bilan ish tutishadi.
Dostları ilə paylaş: