223
GLOSSARIY
Amaliy faoliyat
– insoniyatning ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida tabiatni
va ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati.
Aqliy ish qobiliyati
– aqliy mehnatning biror
turini bajarish uchun zarur
bo‘lgan jismoniy va psixik funksional imkoniyatlar yig‘indisi.
Aqliy charchash –
nerv tizimining potensial yenergiyasining haddan tashqari
ko‘p sarflanishi natijasida aqliy ish qobiliyatini pasayishi.
Bilishga qiziqish
– shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarni ularning sifat
hamda xususiyatlarini, o‘zaro
munosabatlarini mohiyatini, shuningdek turli
qonuniyatlarini bilib olishga nisbatan doimiy barqaror yo‘nalishidan
iborat
individual xususiyati.
Bilish yehtiyojlari
– bilimlarni yoki fan asoslarini o‘zlashtirishga
nisbatan
qondirilmagan muhtojlikni sezishdan iborat faoliyat motivi.
Bilim
– shaxsning bilish faoliyati mahsuli, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri
hodisalari haqidagi to‘g‘ri tasavvur hamda tushunchalar tizimidan iborat ong
mazmuni.
Diqqatsizlik
– diqqatni muayyan ob’ektga yo‘naltira va to‘play olmaslik.
Jasurlik
– shaxsiy hayot uchun xavf-xatarli bo‘lgan harakatlarni qat’iylik
bilan va oqilona bajarishda ifodalanadigan xarakter xislati.
Zehn
– shaxsning maxsus qobiliyatlarining tarkib
topishi va rivojlanishi
uchun asos bo‘ladigan anatomik-fiziologik imkoniyatlari tug‘ma iste’dod
nishonalari.
Zehn o‘tkirlik
– yangi yoki murakkab nazariy hamda amaliy masalalarni hal
qilishning to‘g‘ri yo‘llarini tez topa olishdan iborat aql sifati.
224
Intizomlilik
– muayyan jamoaning barcha a’zolari uchun majbur bo‘lgan
qat’iy tartib va xulq-atvor qoidalariga tizimli ravishda rioya qilishdan iborat
bo‘lgan ijobiy xarakter xislati.
Individualizm
– shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlaridan yuqori qo‘yish,
faqat o‘zining tor manfaatlarini ko‘zlab ish tutishda ifodalanadigan salbiy xarakter
xislati.
Dostları ilə paylaş: