234
Faoliyat
– inson hayoti uning voqelikka nisbatan faol munosabatning
ro‘yobga chiqish shakli.
Faoliyatni optimallashtirish
– mehnat qilish o‘qish uchun yeng qulay
sharoitlar, psixologik imkoniyatlar yaratish yo‘li
bilan muayyan faoliyatning
samaradorligini orttirish.
Flegmatik temperament
– sekin kuchsiz
va barqaror yemotsional
qo‘zg‘aluvchanlik bilan tavsiflanadigan individual xususiyat.
Xarakter xislati
– ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topgan shaxsning xatti-
harakatlarida muntazam uchraydigan doimiy xususiyat va sifatlar yig‘indisi.
Xalollik
– shaxsning o‘z burchi va ye’tiqodlariga
nisbatan sadoqatida
atrofdagi borliqqa hamda kishilarga vijdonan munosabatda bo‘lishida
ifodalanadigan axloqiy sifati.
Xulq
– inson hamda hayvonlarning tashqi muhitga bo‘lgan munosabatini va
ichki psixik hayotini ifodalovchi xatti-harakatlar tizimi.
Xarakterning ijobiy xislatlari
- shaxsning
jamiyat ahloq normalari
doirasidagi doimiy ijobiy xususiyatlari.
Xayrixohlik –
shaxs kechirayotgan muayyan ruhiy holatining ifodali
harakatlar orqali boshqa kishilarga ham o‘tib, ularda
shunga mos yemotsional
kechinmalarini hosil qilishdan iborat ruhiy hodisa.
SHaxsiy tajriba
– har bir individning yoki shaxsning turmush jarayonida
hosil qilgan tajribasi.
Shuhratparastlik
– arzon obro‘-ye’tibor
qozonishga jon jahdi bilan
intilishdan iborat juda past xarakter xislati.
E
htiyoj
– organizmning hayotini ta’minlovchi zarur sharoitlarni aks
yettirishdan iborat faoliyati.