168
darajada anglanganligi bilan xaraterlanadi.
Reproduktiv, ishlab chiqaruvchi
tafakkur
– bu namuna bo‘yicha
tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar,
yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur.
Realistik tafakkur
voqelikni to‘g‘ri aks
ettiradi, odam o‘z hulq-atvorini anglaydi,
autistik tafakkur
esa, asosan, ob’ektga
emas, affektga mos bo‘lganlarni ifodalaydi,
ehtiyojni qondirishga, kelib chiqqan
hissiy zo‘riqishni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch xil shakli:
tushuncha, mulohaza va xulosa farq
qilinadi.
Tushuncha –
bu jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bo‘lgan
va farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushunchalar asosida
hodisalar va jismlar haqidagi mavjud bilimlarimiz yotadi. U
aniq
va
mavhum
bo‘lishi mumkin. Jismning barcha belgilaridan aynan ushbu jism yoki o‘xshash
jismlar guruhini xarakterlab beruvchi ma’lum belgilar yig‘indisi ajratilgan bo‘lsa, u
holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday tushunchalarga shahar, g‘oya,
jamiyat va boshqalar kiradi. Agar jismdagi biror-bir alohida belgi ajratilib, va bu
belgi o‘rganish predmeti bo‘lib
xizmat qilsa, alohida jism sifatida o‘rganilsa,
mavhum tushuncha hosil bo‘ladi. Bunday tushunchalarga fidokorlik, tenglik,
vijdoniylik va boshqalar kiradi.
Tushunchalar
ayrim
va
umumiy
bo‘lishi mumkin.
Ayrim belgilar deb,
jismning qaysi sinfga tegishliligidan qat’iy nazar, yagona jismga taalluqli bo‘lgan
tushunchaga aytiladi. Ayrim tushunchalarga moskva,
toshkent, baykal ko‘li va
boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga emas, balki, jismlar sinfiga,
bu sinfdagilarning istalgan jismiga tegishli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. Masalan,
samolyot, davlat, korxona, institut va h.k.
Dostları ilə paylaş: