xulosa
deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‘ich hukmlar
xulosa dalillari
deb ataladi. Masalan, barcha slanetslarning yonuvchanligi ma’lum,
va ushbu modda slanets bo‘lsa, u holda «ushbu moddaning yonuvchanligi» haqida
xulosa yasash mumkin.
Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli
sillogizm
hisoblanadi. Masalan:
«barcha metallar – elektr o‘tkazuvchi. Qalay – metall bo‘lgani uchun, qalay –
elektr tokini o‘tkazadi».
Inson asosan xulosalarning ikki turi – induksiya va deduksiyadan
foydalanadi.
Induksiya
– bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalarni keltirib
chiqarish, ayrim dalillar va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qoidalar va
qonunlar o‘rnatish usuli.
170
Deduksiya
– bu umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib chiqarish,
umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim dalillar va hodisalarni bilish.
2.
Tafakkur operatsiyalari, sifatlari va individual xususiyatlari
Fikrlash jarayonida inson atrof-olamni o‘ziga xos aqliy opersiyalar
vositasida o‘rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash,
abstraksiya va umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi.
Analiz
– bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar,
munosabatlarga ajratish. Stolni, masalan, qopqog‘i, tirgaklari, g‘aladonlari va
boshqalarga bo‘lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevosita nutqiy faoliyatga
kiritilganida analiz
amaliy
, va nazariy holatda
aqliy
bo‘ladi.
Sintez
– bu qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish. Xuddi
shunday, o‘quvchi biror mavzuni o‘rganishda matnning hammasini o‘qib chiqadi,
so‘ngra esa alohida ma’noga ega bo‘lgan qismlarni ajratadi, ya’ni matnni tahlil
qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez operatsiyasi bo‘ladi.
Taqqoslash
– bu jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari o‘rtasidagi
o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama (chala) va ko‘p
tomonlama (to‘liq); yuzaki va chuqur; bevosita va vositali bo‘lishi mumkin.
Umumlashtirish
– jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli belgilari
bo‘yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‘ri, o‘rik va h.k.lardagi
o‘xshash belgilar «mevalar» so‘zi bilan ifodalanadigan yagona tushunchada
namoyon bo‘ladi. Sodda umumlashtirishlar ob’ektlarni alohida, tasodifiy belgilar
asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish murakkab bo‘lib
hisoblanadi, bunda ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra birlashtiriladi.
Abstraksiya
– bu jism va hodisalarning muhim bo‘lgan xossa va belgilarini fikran
ajratib, bir vaqtning o‘zida ahamiyatsiz belgilar va xossalardan ayro holatda
ko‘rsatish. Xuddi shunday, mas’uliyatlilik hissi haqida so‘z yuritganimizda, biror-
bir ishchi, muhandis, talabaning emas, balki har bir insonning muhim xususiyati
sifatida gapiramiz. Abstraklashtirish odatda tahlil natijasida amalga oshiriladi.
Aynan, abstraktlashtirish vositasida uzunlik, kenglik, miqdor, narx va boshqa
tushunchalar yuzaga kelgan.
171
Aniqlashtirish
– bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga fikran
o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun, qoida, nizomni
tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir.
Jism va hodisalarni
Dostları ilə paylaş: |