Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


xulosa deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‘ich hukmlar  xulosa dalillari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118
xulosa
deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‘ich hukmlar 
xulosa dalillari
deb ataladi. Masalan, barcha slanetslarning yonuvchanligi ma’lum, 
va ushbu modda slanets bo‘lsa, u holda «ushbu moddaning yonuvchanligi» haqida 
xulosa yasash mumkin. 
Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli 
sillogizm
hisoblanadi. Masalan: 
«barcha metallar – elektr o‘tkazuvchi. Qalay – metall bo‘lgani uchun, qalay – 
elektr tokini o‘tkazadi». 
Inson asosan xulosalarning ikki turi – induksiya va deduksiyadan 
foydalanadi.
Induksiya
– bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalarni keltirib 
chiqarish, ayrim dalillar va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qoidalar va 
qonunlar o‘rnatish usuli. 


170 
Deduksiya
– bu umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib chiqarish, 
umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim dalillar va hodisalarni bilish. 
2.
 
Tafakkur operatsiyalari, sifatlari va individual xususiyatlari 
Fikrlash jarayonida inson atrof-olamni o‘ziga xos aqliy opersiyalar 
vositasida o‘rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash, 
abstraksiya va umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi. 
Analiz
– bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar
munosabatlarga ajratish. Stolni, masalan, qopqog‘i, tirgaklari, g‘aladonlari va 
boshqalarga bo‘lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevosita nutqiy faoliyatga 
kiritilganida analiz 
amaliy
, va nazariy holatda 
aqliy
bo‘ladi. 
Sintez
– bu qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish. Xuddi 
shunday, o‘quvchi biror mavzuni o‘rganishda matnning hammasini o‘qib chiqadi, 
so‘ngra esa alohida ma’noga ega bo‘lgan qismlarni ajratadi, ya’ni matnni tahlil 
qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez operatsiyasi bo‘ladi. 
Taqqoslash
– bu jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari o‘rtasidagi 
o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama (chala) va ko‘p 
tomonlama (to‘liq); yuzaki va chuqur; bevosita va vositali bo‘lishi mumkin. 
Umumlashtirish 
– jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli belgilari 
bo‘yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‘ri, o‘rik va h.k.lardagi 
o‘xshash belgilar «mevalar» so‘zi bilan ifodalanadigan yagona tushunchada 
namoyon bo‘ladi. Sodda umumlashtirishlar ob’ektlarni alohida, tasodifiy belgilar 
asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish murakkab bo‘lib 
hisoblanadi, bunda ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra birlashtiriladi. 
Abstraksiya
– bu jism va hodisalarning muhim bo‘lgan xossa va belgilarini fikran 
ajratib, bir vaqtning o‘zida ahamiyatsiz belgilar va xossalardan ayro holatda 
ko‘rsatish. Xuddi shunday, mas’uliyatlilik hissi haqida so‘z yuritganimizda, biror-
bir ishchi, muhandis, talabaning emas, balki har bir insonning muhim xususiyati 
sifatida gapiramiz. Abstraklashtirish odatda tahlil natijasida amalga oshiriladi. 
Aynan, abstraktlashtirish vositasida uzunlik, kenglik, miqdor, narx va boshqa 
tushunchalar yuzaga kelgan. 


171 
Aniqlashtirish
– bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga fikran 
o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun, qoida, nizomni 
tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir. 
Jism va hodisalarni

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin