Tushunchali tafakkur – bu ma’lum tushunchalar qo‘llaniladigan tafakkur.
U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va
tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan
foydalanamiz.
Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining
bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Ko‘pincha
tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odamlarda
ustun bo‘ladi.
Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, lekin
bunday aks ettirish mavhumdir. O‘z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi
olamni aniq va sub’ektiv aks ettirish imkonini beradi. Shunday qilib, tushunchali
va obrazli tafakkurlar bir-birini to‘ldiradi.
Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur obrazlarni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu tafakkur
odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi
tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon
bo‘ladi.
Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur – mohiyati real jismlar bilan amalga
oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lgan tafakkurning alohida
turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi
mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarda kengroq ifodalanadi.
Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi
so‘z-mantiqiy tafakkur mavjud
bo‘lib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining so‘nggi bosqichidir. Unga tushunchalar
va mantiqiy hosilalarni qo‘llash xosdir.
Amaliy tafakkur tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq
vazifalarni bajarishga qaratilgan,
nazariy – tajriba bilan ish ko‘rmasdan
tushunchalardan foydalanadi.
Diskursiv tafakkur – kengaytirilgan tafakkur,