Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   118
 
Beshinchidan, 
shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo‘li bilan 
borish kerakki, bu alomatlari dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, 
tashabbuskorlik, puxtalik, qat’iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat.
V.A.Kruteskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1) 
qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi 
qobiliyatiga matematik ob’ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib 
idrok qilish matematik materialga o‘ziga xos «yig‘ma» analitik-sintetik ishlov 
berish qobiliyati qayd qilish lozim. 
2) 
qobiliyatli o‘quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan:
a) 
miqdoriy va fazoviy munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi 
sohalarida mantiqiy fikrlash qobiliyati; 
b) 
matematik materialni tez va keng umumlashtira olish; 
v) 
matematik mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida 
fikrlashga moyillik;
g) 
fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi;
d) ye
chishda ravshanlik, soddalik, ratsionallik va ixchamlikka intilish


162 
3) 
matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo‘ladigan tashqi 
alomatlarni belgilash mumkin. ular quyidagilardir: 
1. 
o‘quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, 
hech kim majbur qilmasdan, o‘zining bo‘sh vaqtini sarflab, matematika bilan 
bajonidil shug‘ullanishga moyillik; 
2. 
muayyan matematik ko‘nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq 
yoshda o‘zlashtirish qobiliyati; 
3. 
matematikani o‘zlashtirish sohasida tez siljib borish; 
4. 
matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi. 
Psixolog M.G.Davletshin texnikaviy qobiliyat ustida tadqiqot ishlari olib 
borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat deganda 
shaxsning individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday o‘ziga xos 
birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik darajasini va 
u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullana olishini aniqlaydi. 
M.G.Davletshin ham an’anaviy yo‘ldan borib, texnikaviy qobiliyatlarni 
ikkita o‘sha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini 
o‘zgarishsiz qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o‘laroq, bunda yetakchi 
xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir. 
Uning talqinicha, texnikaviy iste’dodli shaxs bo‘lish uchun unda

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin