Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118
 tizimlashtirish
yoki 
tasniflash
ularni bir-biriga o‘xshashlik 
yoki farqlari asosida guruhlarga bo‘lish. Masalan, o‘quvchilarni o‘zlashtirish, 
intizom, jamoat ishlaridagi faollik bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin. 
Tafakkur quyidagi asosiy 
qonuniyatlar
ga bo‘linadi: 
1. Tafakkur 
muammo
ni hal etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi; 
muammoli 
vaziyat
yuzaga kelish sharoiti vazifasini o‘taydi, u boshlang‘ich ma’lumotning 
taqchilligi, sub’ektning aqliy faolligi yordamida engib o‘tish zarur bo‘lgan ma’lum 
bilish to‘siqlari, qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.
2. Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati 
sintez orqali tahlil 
qilish
: ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash vositasida unda yangi xossalarni 
ajratish hisoblanadi; shunday qilib, «ob’ektdan, yangi mazmun yig‘ib olinadi, u har 
safar o‘zining boshqa tomonlari bilan o‘girilgandek bo‘ladi, unda yanada yangi 
xossalar namoyon bo‘ladi» (s.l. rubinshteyn). 
3. Tafakkurning 
asoslanganligi
: har bir dalil, har bir hodisa o‘tmishdagi dalillar va 
hodisalar asosida tayyorlanadi. Hech bir narsa etarlicha asossiz sodir bo‘lmaydi. 
Etarlicha asoslash qonuni inson fikrining har bir mulohazada o‘zaro bog‘langan 
bo‘lishini, birining ikkinchisidan kelib chiqishini talab etadi. Har bir xususiy fikr 
umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‘lishi kerak. 
4. 
Selektivlik
(lot. – tanlash, tanlanish) – ma’lum vaziyat uchun zarur bo‘lgan 
bilimlarni tanlash, barcha imkoniyatga ega bo‘lgan holatlarni chetlab o‘tgan holda 
ularni muammoni hal etishga safarbar qilish. 
5. 
Antitsipatsiya
(lat. – oldindan sezish) voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, 
oldindan sezishni bildiradi. Inson voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, ularning 
natijalarini bashorat qilish, muammo echimining ehtimolligi chizmasini tasavvur 
qilish qobiliyatiga ega. 
6. Tafakkur 
refleksivligi
. Fikrlovchi sub’ekt doimiy refleksiya holatida bo‘ladi,
o‘z mulohazalarini aks ettiradi, ularni tanqidiy baholaydi, o‘zini baholash 


172 
mezonlarini ishlab chiqadi. 
Refleksiya
deb sub’ektning o‘zini aks ettirishi bilan 
birga muloqotda bo‘ladigan sheriklarini ham o‘zaro aks ettirishiga aytiladi. 
Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o’zining individual xususiyatlariga 
ega bo’lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining 
munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda 
tafakkurning 
individual 
xususiyat-lari, 
sifatlariga 
bilish 
faoliyatining 
mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, 
chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin