Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118
sermahsul tafakkur
deb ataladi. 
Demak, vaqt oralig’ida bajarilgan ish ko’lami va sifatiga oqilona baho berish 
tafakkur mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.
 
Tafakkur ixchamligi 
deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan 
rejasi mazkur jarayonda masala echish shartini qanoatlantirmay qolsa, 
nomutanosiblik hosil bo’lsa hech ikkilanmay elastik ravishda o’zgartirishlar 
kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmog’imiz shart. Fikrning 
operativ jihatdan tezkorlik bilan o’zgartirishdan va to’g’ri yo’nalishga yo’llab 
yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba 
imtihonda avval g’oyani noto’g’ri yoritayotib, o’z-o’zicha birdaniga xatosini 
anglab to’g’ri javob bera boshlashi kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati 
fikrlarni, axborotlarni tinglovchilarga xato va kamchiliklarsiz etkazib berish 
garovidir. 
 
Tafakkurning tezligi
qo’yilgan savolga va muammoga to’liq javob 
olingan vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator omillarga, jumladan fikrlar 
uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlarning 
tezligi, turli hislarning mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog’liq 
bo’ladi. Bundan tashqari tafakkurning tezligi boshqa shartlarga – insonning bilim 
saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko’nikma va malakalariga ham bog’liq 
ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va 
jarayonlarning ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi. 


175 
Fikrlarning tezligi talabalar va o’quvchilarga zarur psixologik qurol bo’lib 
xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok qilgan talaba 
hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha unutib o’zini yo’qotib qo’yadi. 
O’rinsiz salbiy emotsiyalar uning tafakkurini tormozlab, muvaffaqqiyatsizlikka 
olib keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo’lib, keyinchalik butunlay 
tormozlanishga aylanadi. Ba’zi talabalar aksincha, imtihonda hayajonlanib fikrlari 
ravshanlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta’sir natijasida uyqudagi ayrim 
neyronlar uyg’onib, funktsiyasi jadallashib ketadi va fikr birdaniga ravshanlashishi 
mumkin. SHuning uchun o’qitish jarayonida talaba va o’quvchilarning aqliy 
faoliyatini to’g’ri baholashda ularning individual tipologik xususiyatlarini hisobga 
olish maqsadga muvofiqdir. 
Jahon psixologlarining ko’rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib 
chiqilgan tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog’liqdir. 
Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi 
muhim jihatlarni ajratib mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni 
keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to’g’risida fikr yuritganda ham ularning 
tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga 
intiladi, oddiy turmush haqidagi umumiy qonuniyatni yaratishga harakat qiladi. 
Shubhasiz, inson tafakkuri hali izlanmagan, to’la foydalanilmagan zahira va 
imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zahirani 
to’la ochish fan-texnika rivojini intensivlashdan iborat. Chunki har qanday 
kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql-zakovatining mahsulidir. SHu boisdan 
ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko’p jihatdan 
bog’liqdir.
Insonlar fikrlash faoliyatidagi individual tafovutlar tafakkurning sinchkovlik, 
tafakkur kengligi, chuqurligi va mustaqilligi, fikrning eguluvchanligi, aqlning 
sertashabbusligi va tanqidiyligi, mantiqiylik, isbotlanganlik va ijodkorlik kabi 
sifatlarida ifodalanishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin