182
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab qiladi. Kreativ
testlar esa divergent tafakkurni talab etadi.
Kreativlik- bu birvaqtning o‘zida yangi va qadrli g‘oyalarni yaratuvchi
ijodkorlik qobiliyatidir.
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini ishlab
chiqishgan.
1.
Shaxsdagi bilimning ko‘pqirraligi. Qo‘lga qiritgan bilimilarimiz
g‘oyalarimizning ko‘p bo‘lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimilarimiz
qanchalik ko‘p bo‘lsa, psixikamizdagi bloklar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni hal
qilish shunchalik oson bo‘ladi.
2.
Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko‘rishga, ularni
qayta yaratishga va bog‘lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini
tasavvur qilib uni o‘zlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib o‘tamiz.
3.
Tavakkalchilik- yangi ta’surotlarni qidirish. Buni ikki ma’noda ko‘rish
mumkin. Ya’ni birinchisi
Dostları ilə paylaş: